Orol sulaymonbalig‘i
Orol sulaymonbalig‘i [1], yoki Orol chipori ( lotincha: Salmo trutta aralensis) — sulaymonbaliqlar oilasiga mansub, sulaymonbaliqlar turkumi, chiporbaliqlarning eng sharqona shakli.
Orol sulaymonbalig‘i | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Actinopterygii |
Oila: | Salmonidae |
Urugʻ: | Salmo trutta |
Turlari: | Orol sulaymonbalig‘i |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Salmo trutta aralensis Berg, 1908 |
Tavsif
tahrirOrol sulaymonbaliqlari Orol dengizi va Amudaryoda topilgan. Tanasi to‘lqinsimon, kumushrang, to‘q chiporga aylanishi mumkin, tangachalari mayda, zich joylashgan. Uzunligi 1 metrgacha, vazni 14 kilogrammni tashkil etadi. O‘tkinchi baliq; ko‘payish uchun Amudaryogacha suzib boradi. Urchishi kuz-qish oylarida, suv harorati 3-13 ° S da bo‘lishi kerak. Qimmatbaho tijorat baliqlari hisoblanadi. Kichik tur doim kamdan-kam uchraydi, Qozog‘iston va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Kichik tur Kaspiy sulaymonbalig‘iga o‘xshash, farqi umurtqasuyaklari kam sonli, boshi kattaroq bo‘ladi.
Yashash tarzi
tahrirUrchishi – noyabr oyida Amudaryoda kechadi. Ularning ba’zilari to‘rt marotaba oldinga-orqaga borib qaytishadi. Mayda baliqlar hamda qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Taxminlarga ko‘ra, bu baliq turining qirilib ketishining sababi biologik omillar (uchishi sovuq paytda ro‘y berishi, uvildiriqlarning uzo vaqt qolib ketishi) va inson tabiiy xo‘jaligi : Amudaryo va Sirdaryodan meliorasiya uchun suvning tortib olinishi va buning natijasida Orol dengizi hududining sayozlashishi va qisqarishi.
Tarqalishi
tahrirOrol dengizi, Amudaryoning quyi qismi. O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston (Orol dengizi havzasi). Kaspiy, Qora, Boltiq, Barens va Oq dengiz havzalarida, Janubiy Yevropa, AQSHda (iqlimlashtirilgan) – boshqa kenja turlari.
Yashash joyi
tahrirUlg‘ayish davrida dengizda, urchish davrida daryoda yashagan.
Soni
tahrirHar doim kam bo‘lgan. O‘tgan asrning 30-yillarida Orol dengizida yiliga 10 dona atrofida ovlangan. Oxirgi marta 1937 yili tutilgan.
Manbalar
tahrir- КНЭ, том I, 2004, с. 240.
- ↑ Решетников Ю. С., Котляр А. Н., Расс Т. С., Шатуновский М. И. Пятиязычный словарь названий животных. Рыбы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский. / под общей редакцией акад. В. Е. Соколова. — М.: Рус. яз., 1989. — С. 69. — 12 500 экз. — ISBN 5-200-00237-0.
- ↑ WWF - О рыбаках и тех рыбах, которых уже не удастся поймать Архивная копия от 12 июля 2017 на Wayback Machine // Сайт WWF, 9 июля 2017 года
Adabiyot
tahrir- Аральский лосось // Казахстан. Национальная энциклопедия (рус.). — Алматы: Қазақ энциклопедиясы, 2004. — Т. I. — ISBN 9965-9389-9-7. (CC BY-SA 3.0)
- Аральский лосось в Энциклопедическом словаре (dic.academic.ru/dic.nsf/es/69128/АРАЛЬСКИЙ_ЛОСОСЬ)
- Аральская кумжа. // С. Н. Баккал. Редкие животные нашей страны. Наука. Ленингр. отд-ние, 1989. С. 105.