Ortiqov Abdurahmon (1918.15.12, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), falsafa fanlari doktori (1967), professor (1968). 1945-1950 yillarda Oʻrta Osiyo universitetida katta oʻqituvchi, ayni vaqtda "Qizil Oʻzbekiston" gazetasida boʻlim mudiri. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida katta oʻqituvchi, dotsent (1950—1956). 1956—2003-yillarda Toshkent politexnika instituti (ToshTU)da falsafa kafedrasi mudiri, professor Ilmiy ishlari din tarixi va hurfikrlilik, axloq, ijtimoiy falsafa mavzulariga bagʻishlangan. "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan (1994).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil