Ortogenez (grekcha: ὀρθός - orthos — toʻgʻri va grekcha: γένεσις génesis) — tirik tabiatning rivojla-nishi ichki omillar bilan bogʻliqligi toʻgʻrisidagi evolyusion taʼlimot konsepsiyasi. Ortogenez toʻgʻrisidagi tasavvurlar asosida nemis zoologi T. Eymerning qarashlari yotadi (1888—97 yildagi ishlari). Ortogenez taʼlimotiga kura, evolyusiya tabiiy tanlanish natijasida boʻlmasdan, balki irsiy oʻzgaruvchanlikning muayyan yoʻnalishda borishi bilan belgilanadi. Tirik sistemalarda yuz beradigan barcha oʻzgarishlar tashqi muhitning bevosita taʼsiri natijasi boʻlib, tabiat tomonidan belgilab berilgan qatʼiy yoʻnalishlar asosida roʻy beradi, soʻngra irsiyatga oʻtkaziladi. 20-asr ga kelib Ortogenez tarafdorlari evolyusiya yoʻnalishini moddiy asosga ega boʻlmagan yoki bunday asosga ega boʻlgan, lekin azaldan genetik kodga solingan ichki omillar bilan bogʻlashga urinish-mokda. Ortoseleksiya muhit taʼsirining yoʻnaltirilganligi tufayli tabiiy tanlanishni uzoq vaqt davomida muayyan bir yoʻnalishda borishi bilan Ortogenezdan farq qiladi. Ortogenez konsepsiyasi evolyusion jarayonni avtogenetik sabablarga bogʻlab tushuntirishga urinish bilan Ch. Darvin taʼlimotiga qarshi turadi.[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil