Ortygia
Ortygia (italyancha: Ortigia) — Sitsiliyadagi Sirakuza shahrining tarixiy markazi boʻlgan kichik orol. Città Vecchia (Eski shahar) nomi bilan ham tanilgan orolda koʻplab tarixiy diqqatga sazovor joylar mavjud. Uning nomi qadimgi yunoncha ortiksdan (ὄrtľ) kelib chiqqan boʻlib, „bedana“ degan maʼnoni anglatadi.
Mifologiya
tahrirGomer madhiyasida Leto maʼbuda Ortigiyada toʻxtab, egizak farzand koʻradi. Ulardan biri Artemida edi[1]. Hududga yaqin orollarning birida Apollonni tugʻdi[2]. Boshqa qadimiy manbalarda egizaklar Delos yoki Ortigiya[3] boʻlgan bir joyda tugʻilgani aytiladi, lekin Strabon[4]ga koʻra, Ortigiya Delosning eski nomi boʻlgan. Bundan tashqari, Ortygia deb nomlangan yarim oʻnlab boshqa joylar bor[5].
Shuningdek, Letoning singlisi Asteriya bedanaga (Ortix) aylanib, oʻzini dengizga tashlagan va Ortigiya oroliga qolib ketgani aytilgan. Boshqa bir afsona, bu Ortygia emas, balki Delos ekanligini taxmin qiladi.
Tong maʼbudasi Eos oʻlik ovchi Orionni sevib qoldi va uni Ortigiyaga oʻgʻirlab ketadi. U yerda Artemida bilan uchrashdi va uning mulozimlaridan birini yaxshi koʻrib qoladi. U maʼbuda tomonidan oʻldirilgan, chunki xudolar maʼbudalarning oshiqlari boʻlishini taʼqiqlagan.
Yana bir manbada Ortigiya daryo xudosidan qochib ketayotib, Artemida tomonidan buloqqa aylantirilgan.
Tarix
tahrirOrtigiya qirgʻoq yaqinida orol boʻlib, hudud portlari bilan birgalikda tabiiy qal’aga aylantirilgan. Shuning uchun Ortygia tarixi Sirakuzaning dastlabki tarixi bilan bogʻliqdir.
Manzil
tahrirOrtygia Sirakuzaning sharqiy tarafida joylashgan va undan tor kanal bilan ajratilgan. Ikki koʻprik orolni materik Sitsiliya bilan bogʻlaydi. Orol sayyohlarga xarid qilish, oʻyin-kulgi uchun mashhur joy hisoblanadi.
Kichik tumanlar
tahrir- Graziella
- Bottari
- Mastrarua
- Spirduta
- Maestranza
- Duomo
- Giudecca
- Turba
- Kastello Maniace
Tarixiy joylar
tahrir- Sirakuza sobori
- Piazza del Duomo, Sirakuza
- Arximed maydoni
- Arethusa favvorasi
Manbalar
tahrirVikiomborda Ortygia haqida turkum mavjud |
- ↑ Children of the Gods by Kenneth McLeish, pages 33 and 34.
- ↑ Homeric Hymn 3 to Delian Apollo
- ↑ theoi.com
- ↑ Book 14, 1.20,
- ↑ Hammond and Scullard (editors). The Oxford Classical Dictionary (Oxford: Clarendon Press, 1970), 760.