Oryol viloyatiRossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937-yil 27-sentabrda tashkil etilgan. Markaziy iqtisodiy rayonga kiradi. Maydoni 24,7 ming km². Aholisi 898,9 ming kishi (2000), asosan, ruslar (96,9%), shuningdek, ukrainlar (1,3%) va boshqa millat vakillari (1,8 %) ham yashaydi. Shahar aholisi 63,2%. Markazi – Oryol shahri Tarkibiga 24 maʼmuriy tuman, 7 shahar va 14 shaharcha kiradi. Boshqa yirik shaharlari – Livni, Msensk.[1]

Oryol viloyati Oʻrta Rossiya qirlarida joylashgan. Dare vodiylari va jar koʻp. Foydali qazilmalari: ohaktosh, dolomit, boʻr, har xil gillar, qum, temir rudasi. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –9°, iyulniki 18°. Yillik yogʻin 500 mm (eng koʻpi yezda yogʻadi). Vegetatsiya davri 190–200 kun. Asosiy daryosi – Oka va uning irmoklari. Sunʼiy hovuz koʻp. Tuprogʻi qoratuproq, toʻq kulrang oʻrmon, chimli podzol tuproklar. 10% hududi oʻrmon (dub, zarang). Boʻri, tulki, suv kalamushi, yumronqoziq va boshqa yashaydi. Viloyat hududida Oryol Polesyesi milliy bogʻi joylashgan.[1]

Asosiy sanoat tarmoklari: mashina-sozlik va metallsozlik. Oryol viloyatida avto-greyderlar, yengil, oyna va oziq-ovqat sanoatlari uchun asbob-uskunalar, hisoblash texnikasi va avtomatlashtirish vositalari, priborlar, soatlar va boshqa ishlab chiqariladi. Metallsozlik (poʻlat prokati, sim, metall toʻri va boshqalar), yengil (paypoq, poyabzal, kiyim), oziqovqat (sut, goʻsht, qand) sanoati korxonalari, Oryol GES bor. Eng yirik korxonalari: "Oryol" poʻlat-prokat zavodi, "Orleks", "Yantar" soatsozlik korxonasi, boshqaruvchi hisoblash ma-shinalari zavodi, "Dormashina", "Tek-mash" (Oryol shahri) zavodlari; gidravlik mashinalar zavodi (Livni shahri), alyuminiy zavodi.[1]

Qishloq xoʻjaligida texnika ekinlarini yetishtirish rivojlangan, don-chorvachilik yoʻnalishi ham asosiy oʻrin tutadi. Bugʻ-doy, suli, kartoshka, sabzavot-poliz, ozuqa ekinlari ekiladi, mevachilik rivojlangan. Sut-goʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, goʻsht-jun qoʻychiligi, parrandachilik taraqqiy etgan. Zotli yilqichilik mashhur. Oliy oʻquv yurti, kutubxonalar, muzey, teatr, bor. Viloyat hududida Ivan Turgenevning Spasskoye-Lutovinovo muzey usadbasi joylashgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 "Oryol viloyati" OʻzME. O-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil