Osaf Xon maqbarasi
Osaf Xon maqbarasi (urdu: مقبرہ آصف خان) – Lohur shahridagi Shohdara bogʻda joylashgan maqbara. U Osaf Xon taxallusiga ega boʻlgan Boburiy davlat arbobi Mirzo Abul Hasan uchun qurilgan. Osaf Xon malika Nur Jahonning ukasi va Boburiylar davlati hukmdori Jahongirning qaynisi boʻlgan[1]. Osaf Xon maqbarasi Jahongir maqbarasiga tutash joylashgan. Maqbara Oʻrta Osiyo meʼmoriy uslubida qurilgan va forscha uslubdagi Chorbogʻning markazida joylashgan.
Osaf Xon maqbarasi | |
---|---|
مقبرہ آصف خان | |
Sikhlar davridagi talon-torojdan soʻng hozirgi kundagi koʻrinishi. | |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Maqbara |
Joylashuvi | Shohdara bogʻ |
Shahar | Lohur. |
Mamlakat | Pokiston . |
Koordinatalar | 31°37′21″N 74°17′51″E / 31.6225°N 74.2975°E |
Qurilishi boshlangan | 1641 |
Qurilishi tugagan | 1645 |
Egasi | Boburiylar |
Texnik holati | |
Material | Gʻisht. Marmar va qizil qumtosh bezatishda ishlatilgan. |
Osaf Xon maqbarasi |
Umumiy maʼlumotlar
tahrirOsaf Xon malika Nur Jahonning ukasi va Mumtoz Mahal nomi bilan mashhur Arjumand Bano Begumning otasi edi. 1636-yilda u bosh qoʻmondon lavozimiga koʻtarilgan va bir yildan soʻng Lohur gubernatori boʻlgan. Osaf Xon 1641-yil 12-iyunda isyonchi Raja Jagat Singx qoʻshinlariga qarshi jangda vafot etgan. Osaf Xon uchun Lohurdagi Shohdara bogʻ majmuasida maqbara qurilgan.
Tarixi
tahrir„Podshohnoma“ muallifi Abdul Hamid Lohuriyning yozishicha, ziyoratgoh 1641-1645-yillarda 300 000 rupiy mablagʻ bilan qurilgan. Maqbara Jahongir maqbarasining gʻarb tarafida joylashgan[2]. Sikh imperiyasi hukmronligi davrida maqbara katta zarar koʻrgan. 19-asrda marmar va qumtoshlari uchun sikhlar tomonidan talon-taroj qilingan. Oʻgʻirlangan materiallardan Amritsardagi hindularning Oltin ibodatxonasini bezashda, shuningdek, Lohur qal’asi yaqinida Hazuri bogʻni qurishda foydalanilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Chaudhry, Nazir. Lahore, 2000.
- ↑ 2,0 2,1 „Tomb of Asif Khan“. Global Heritage Fund. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.