Oshlash
Oshlash, teri oshlash — maxsus moddalar, eritmalar (qarang Oshlovchi moddalar) bilan teri va moʻynani ishlash, terining junini toʻkish (yalangʻochlash). Terini O. bilan odamlar qadimdan shugʻullanishgan. Ibtidoiy odamlar kiyim oʻrnida hayvon terisini yopinib yurishgan. Ular asta-sekin teri O.ni, unga kimyoviy va mexanik ishlov berib, undan charm tayyorlashni, charmdan poyabzal va kiyim-bosh tikishni oʻrganib olishgan. Oʻrta Osiyo shahar va qishloqlarida ham teri oshlash hunari mashhur boʻlgan, dastlabki teri Oshlash doʻkonlari 19-asr 2-yarmida paydo boʻlgan. 20-asr boshlarida artellar, zavodlar tashkil boʻla boshlagan. Pekin xususiy teri oshlovchilar ham saqlanib qolgan (ular hozir ham mavjud). Oshlash zavodlarda chanlar, barkaslar, barabanlarda amalga oshiriladi. Oshlash jarayonida jun qirish mashinasi, silliklash mashinasi va boshqa mashina hamda apparatlardan foydalaniladi (yana qarang Koʻnchilik, Koʻnpoyabzal sanoati).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |