Osmos (yun. osmos — turtki, bosim) — erituvchining eritma bilan erituvchi orasiga yoki konsentratsiyasi turlicha boʻlgan. 2 eritma orasiga qoʻyilgan yarim oʻtkazgichli parda orqali oʻtishi hodisasi. Erituvchi (mas, suv) O. tufayli suyuqroq eritmadan quyuqroq eritmaga oʻtadi. O. eritmalar konsentratsiyasi orasidagi farqni yoʻqotib, sistemani muvozanat holatiga keltirishga intiladi. Bu hodisani dastlab 1748-yilda A. Nolle kuzatgan. Nolle tubi mol pu-fagi bilan bekitilgan shisha nayga kand eritmasi solib, nayning pufakli qismini suvga botirganida nay ichiga pufak orkali suv kirib, naydagi suyuqlik koʻtarila boshlagan. Suvning pufak orqali nayga oʻtishi maʼlum bosim (osmotik bosim) tufayli sodir boʻladi. Suyukdik nayda maʼlum balandlik-ka qadar koʻtariladi; naydagi suyuklikning gidrostatik bosimi osmotik bosimga tenglashea, suyuqlik koʻtarilishdan toʻxtaydi. Bu balandlikning kattaligi osmotik bosimning oʻlchovi boʻlib xizmat qiladi. O. hajmi cheklangan suyuqlikning ichki tomoniga yoʻnalgan boʻlsa, endosmos, tashqi tomoniga yoʻnalgan boʻlsa, ekzosmos deyiladi.

Yarim oʻtkazuvchi pardalarni polimer materialdan (mas, kollodiydan) yoki iviqsimon choʻkindilardan (mas, mis ferrotsianid Cu2[Fe(CN)6] choʻkmasidan) tayyorlash mumkin.

O. polimerlarning molekulyar tavsifini aniqlashda, eritmalarni konsentratsiyalashda, baʼzi bir polimer materiallar olishda, yuqori minerallashgan suvlarni tozalashda qoʻllanadi. O. hodisasi oʻsimlik va hayvon organizmlarida nihoyatda katta ahamiyatga ega, chunki organizmdagi har qaysi hujayra yarimoʻtkazgich vazifasini bajara oladi. Bir xil osmotik bosimga ega boʻlgan eritmalar izotonik eritmalar deyiladi. Agar eritmalarning osmotik bosimi ichki xujayra su-yukligining osmotik bosimidan katta boʻlsa, gipertonik, kichik boʻlsa gipotonik eritmalar deyiladi. Bir eritma maʼlum bir turdagi hujayra uchun gipertonik, boshqasi uchun izotonik, uchinchisi uchun gipotonik boʻlishi mumkin. Tibbiyotda, odatda, izotonik eritmalar, ammo baʼzan gipertonik eritmalar (jarohatlarni bogʻlov bilan bogʻlashda) ham qoʻllanadi. Daraxtlarda suv ham O. tufayli yuqoriga koʻtariladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil