Ossilyatorning radiatsion soʻnishi

Garmonik ossilyator tenglamasi

tahrir

Atom va molekulalar nurlanishida ular tarkibidagi elektronlar muhim rol oʻynaydi. Tebranuvchi dipol, yaʼni ossilyator sifatida muvozanat markazi atrofida tebranuvchi elektron qabul qilinadi. Eng oddiy ossilyator garmonik ossilyatordir. Misol uchun chiziqli garmonik ossilyator bilangina cheklanaylik. Unga taʼsir etuvchi tashqi kuch faqat garmonik kuchdan iborat boʻladi:

 

bu yerda   — ossilyator massasi,   — elastiklik koeffitsienti.

Agar

 

desak,

 

boʻladi. Bu differensial tenglamaning yechimi maʼlum:

 

Ossilyatorga taʼsir qiluvchi kuch bilan uning potensial energiyasi orasidagi bogʻlanish  , demak,   yoki (2) va (4) ni hisobga olgan holda quyidagini yozish mumkin:

 

Ossilyatorning kinetik energiyasi esa  . Demak, (4) ga muvofiq  . Ossilyatorning toʻla energiyasi  , demak,

 

Garmonik ossilyatorning bir sekundda oʻrtacha nurlanish energiyasi   yoki   nazarga olinsa,

 

boʻladi. Nurlanish energiyasi ossilyator energiyasining bir sekundda kamayishi bilan bogʻliq. Demak,   yoki (5) ga muvofiq  . Quyidagicha belgilash kiritamiz:

 

demak,   va bu differensial tenglamaning integrali

 

boʻladi. Koʻramizki, nurlanish natijasida ossilyator energiyasining kamayishi, demak, tebranishning soʻnishi roʻy beradi. Bu hodisa ossilyatorning radiatsion soʻnishi deyiladi.

Relaksatsiya vaqti

tahrir

(8) dagi daraja koʻrsatkichini ifodalovchi koʻpaytma   oʻlchamsiz boʻlishi lozim, demak,   ning oʻlchamiligi vaqt oʻlchamligiga teskari boʻlishi lozim. Quyidagicha belgilash kiritamiz:

 

u holda

 

boʻladi. Koʻramizki,   vaqt ichida ossilyatorning energiyasi   marta kamayadi. Bu vaqt relaksatsiya vaqti deyiladi.

Nurlanish reaksiyasi kuchining tashqi kuchga nisbatan juda kichikligini ifodalovchi (4) dan maʼlumki,  , demak, (9) ga muvofiq  , yaʼni   yoki   va   nazarga olinsa,

 

Koʻramizki, ossilyatorning tebranish davriga nisbatan relaksatsiya vaqti juda ham kattadir. Soʻnggi tengsizlikni bir necha misollar ustida tekshirib koʻrish mumkin.

Misollar

tahrir

Koʻzga koʻrinuvchi nurlar uchun   sm, u vaqtda   s boʻladi, elektron massasi m, zaryadi e, c,   qiymatlari (9) ga qoʻyilsa,   s, demak,   boʻladi. Rentgen nurlari uchun   sm,   s,   s, demak,   boʻladi. Koʻramizki, relaksatsiya vaqtida ossilyator bir necha million marta tebranib ulguradi. Atom yoki molekula uygʻongan holatda yashab turib, nurlanish yoʻli bilan energiyasining koʻproq qismini tashqariga chiqarish vaqtida relaksatsiya vaqti bilan oʻlchashimiz mumkin. Odatda, bu vaqt uygʻongan holatda yashash vaqti deyiladi.

  • R.X.Mallin Klassik elektrodinamika, Oʻqituvchi, T., 1974

Qoʻshimcha oʻqish uchun

tahrir