Ostonalar, ostona toshlar - daryo oʻzanining koʻtarilgan sayoz joylari. Bunday joylarda suv tez oqadi. Ostona odatda daryo qoyalarni yoki qattiq jinslarni kesib oʻtgan joylarda yoki oʻzanda katta gʻoʻla tosh (valun)lar toʻplanib qolgan yerlarda paydo boʻladi. Baʼzan sharsharalarda ham ostona uchraydi. Ostona etagiga GESlar (mas, Dnepr ostona-sida DneproGES, Volxov ostonasida Volxovstroy) quriladi. Ostona koʻpincha kema qatnoviga va yogʻoch oqizishga xala-qit beradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil