Mixail Ostrogradskiy
(Ostrogradskiy Mixail Vasilyevichdan yoʻnaltirildi)
Mixail Vasilyevich Ostrogradskiy [1801.12(24)9, Poltava viloyati — 1861.20.12 (1862.1.1), Poltava] — rus matematigi, Peterburg matematika maktabi asoschilaridan biri, Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1830). Parijda Ostrogradskiy Koshi, P. Laplas, J. Furye qoʻlida oʻqigan (1822—28). Asosiy ishlari matematik analiz, sonlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi va boshqa sohalarga oid. U qattiq jism va suyukliklarda issiklik tarqalishi tenglamasini, hajm intefalini sirt integraliga oʻtkazuvchi formulani keltirib chiqardi (qarang Ostrogradskiy formulasi).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |