Ot oʻyin
(Ot o`yindan yoʻnaltirildi)
Ot oʻyin — sirk sanʼatining qad. turi. O.oʻ. harbiy mashqlar, chavandozlarning xalq oʻyinlari, musobaqalari ("chovgan", "qiz quvish", agʻdarish", poyga va hokazo) dan kelib chiqqan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida oʻzbek sirki tarixiga Rahmonovlar, Xoʻjayevlar, Zarifovlar sulolasi kirib keldi. Ular repertuaridan 1 tadan 6 tagacha ot oʻyna-tish, egarlangan va egarsiz ot ustida yakka yoki koʻpchilik boʻlib raqsga tu-shish, jonglyorlik, muallaqchilik, turli murakkab mashqlar tomoshalari oʻrin olgan. Hozirgi Zarifovlar sulolasi O.oʻ.i jahon arenalarida katta muvaf-faqiyat bilan namoyish etilmoqda.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |