O`tkazuvchi to`qima. Bu to`qima o`simlik tanasida moddalar transportini ta`minlaydi. Bu jarayon poya va ildizning ksilema hamda floemasidagi otkazuvchi to`qima hujayralari orqali amalga oshadi. Ksilemada o`tkazuvchi naylar va traxeidlar bo`lib,ular orqali suv va unda erigan minerallar ildizdan o`simlikning barcha o`rganlariga harakatlanadi. Floemada elaksimon naylar va elaksimon hujayrlar bo`lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo`lgan organik moddalar o`simliknig boshqa organlariga yetkaziladi.