1888-1914 mana shu yillar oralig'ida olingan rasm

Otlarni xonakilashtirish

tahrir

Otlarning kelib chiqish tarixi

tahrir

Otlar taxminan 55 million yil avval keng maysazorlarda poyga qilishgan - ya'ni ular biz mavjud bo'lishimizdan ancha avval paydo bo'lgan. Ammo yozma tarix yuzaga kelmasdan oldingi davr qoldiqlari shuni ko'rsatadiki, muzlik davri oxirilarida, taxminan 10 000 yil oldin, Amerikada yovvoyi otlar nobud bo'lgan va G'arbiy Yevropa va Markaziy Osiyoda kamayib borgan. Aksariyat olimlar, odamlar xuddi shu yerda otni xonakilashtirishgan deb hisoblashadi, ammo uy otlarining DNKsi juda xilma-xildir. Bu esa ularning bir necha joylarda turli xil yovvoyi otlar populyatsiyasidan kelib chiqqan bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.


Otlarndan turli xil yo'llarda foydalanishgan

tahrir
Odamlar taxminan 6000 yil oldin otlarni xonakilashtirishgan va vaqt o'tgani sayin,  biz otning  2000 dan ortiq zotlarni yaratdik. Birinchi xonaki otlar, ish yoki minish uchun emas, aksincha,  asosan oziq-ovqat manbai sifatida saqlangan. Qozog'istonda, Markaziy Osiyoda, taxminan 5500 yil oldin go'sht uchun otlar boqilganligi haqida dalillar mavjud. Keyinroq, ular aravalarni tortish uchun foydalanildi va ot minish, Afg'oniston va Eronda taxminan 4000 yil oldin tarqalgan. Biz otlarni jang maydonlarida, fermalarda va boshqa joylarda o'z ehtiyojlarimizga mos holatda shakllantirganimizdek, bu hayvonlar ham  insoniyat tarixini shakllantirgan hisoblanadi.  Sayohat qilish, savdo qilish, o'ynash, ishlash va urush qilish usullari , bizning otlardan foydalanishimiz sababli chuqur shakllangan. 3000 yildan ko'proq vaqt davomida otda yoki ot aravada bo'lgan  jangchida eng yaxshi qurol bor deb hisoblangan. vaqtlar  o'tib, Osiyodan Yevropaga, Amerikaga qadar otlardan foydalanish sivilizatsiyalar o'rtasidagi kuchlar muvozanatini o'zgartirdi. Ot mingan odamlar otsiz odamlar  bilan to'qnashganda, otlar ularga katta ustunlikni ta'minlagan. Har ikki tomonning otlari bo'lgan holatda,  janglar ularning otliqlari yoki otliqlarining kuchi va strategiyasiga asoslangan edi. Otlar 1900-yillarda harbiy usullarni aniq belgilashda yordam berardi, toki ularning o'rniga pulemyotlar, tanklar, samolyotlar va boshqa zamonaviy qurollar kirib kelmagunga qadar. 

Hozirgi kunda

tahrir

Otlar ulkan bir kuch manbaidir. Ularning mushak tanalari old tomondan orqaga qaraganda og'irroq bo'lib, ular otlarga og'ir yuklarni tortish uchun yaxshi va yuklarni muvozanatda saqlash uchun yordam beradi. Shu bilan birga, ular chaqqon va tezdirlar, ya'ni qiyin vazifalarni yuqori tezlikda bajarishga mos keladi. Shuning uchun ming yildan ko'proq vaqt mobaynida odamlar otlarning kuchidan yerga ishlov berish va chorva mollarini boshqarish uchun foydalanishar edi. Hozirgi otlar askarlarni jangga olib borishga odatlanmagan, ular avvalgidek omoch tortmaydilar. Ammo otlar hali ham hayotimizning bir qismidir. Bugungi kunda dunyodagi 58 million ot ish va urush uchun emas, balki do'stlik, sport va dam olish uchungina foydalaniladi.

Manbalar

tahrir

[1]

Havolalar

tahrir
  1. „Evolution of Horses and their Relatives“. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.