Otoulla said vaqqos maqbarasi
(Otoulla Said Vaqqos Maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Otoulla said vaqqos maqbarasi — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (11-asr). Maqbara lashkarboshi Otoulla eshon Mir Haydar nomi bilan bogʻlangan. Bir xonali, kulohiy gumbazli, bezaksiz. Xom gʻishtdan qurilgan. Bosh tarzi jan.sharqqa qaragan, chuqur ravoqli. Xona burchaklariga gʻishtlar koʻndalang terilib, ravoqsimon hoshiya hosil qilingan. Umumiy tarhi 6,80x6,40 m, ichki xona 5,25x4,75 m.
Adabiyot
tahrir- Arshavskaya 3. A., Rtveladze E. V., Haqimov 3. A., Srednevekovie pamyatniki Surxandari, T., 1982.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |