Otto Heinrich Warburg (1883.8.10—1970.1.8) — nemis biokimyogari va fiziologi[1]. London qirollik jamiyati aʼzosi. Berlindagi Hujayra fiziologiyasi instituti direktori (1930-yildan). Otto Heinrich Warburgning asosiy ishlari tirik hujayrada sodir boʻladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, fermentlar taʼsirida hujayraning nafas olishini oʻrganishga bagʻishlangan. Bundan tashqari, Warburg Flavin moddasini ham kashf etgan (1932), flavin-adenindinukleotid (FAD, 1938) va nikotinamidadenindinukleotidning (NAD) tuzilishini ham aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1931).[2]

Manbalar

tahrir
  1. „Otto Heinrich Warburg“. Qaraldi: 6-sentyabr 2024-yil.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil