Ov qushlari
Ov qushlari — yovvoyi parrandalarning mazali goʻshti, qimmatbaho par va patlari, moʻynasi uchun ovlanadigan guruhi. Baʼzi qushlarning tuxumlari ham yigʻiladi. Qushlar qadimdan ov obʼyekti sifatida sut emizuvchilardan keyingi oʻrinda turgan. Qush ovlari qad. misr freskalari va yunon vazalarida tasvirlangan. Qush ovlashning turli usullari mavjud. 9-asrdan qushlarni maxsus oʻrgatilgan lochinlar yordamida ovlana boshlangan. 10—17-asrlarda esa ovning bu usulidan foydalanish ommaviy tus olgan. Tarixiy manbalardan ov qilish uchun 17-asrdan ilgari Buxoroga Rossiyadan maxsus oʻrgatilgan lochinlar olib kelingani maʼlum. Oʻzbe-kistonda qushlarning 100 dan ortiq turi sport, havaskorlik va anʼanaviy ov obʼyekti qisoblanadi. Ovlanadigan qushlar togʻ, choʻl, suv, oʻrmon va boshqa eko-logik muhitlarda tarqalgan. Yer yuzida koʻproq gʻozsimonlar, tovuqsimonlar, balchiqchisimonlar turkumlarining va-killari ovlanadi. Respublika, asosan, suzuvchi qushlar (oʻrdaklar, qashqaldoqlar, balchiqchilar va boshqalar), kaklik, kir-gʻovul, bedana va kaptarlar ovlanadi. Shuningdek, qarqaralar, bulduruklar, chu-gʻurchuqlarni ovlash ham kuzatilgan. 19-asr oxirida Yer yuzida, ayniqsa, Yevropada qushlarni ovlash gʻoyat kuchayib ketdi, har yili bir necha mln. qushlar ovlanadi.
Oʻzbekistonda sportchi va havaskor ovchilar har yili suvda suzuvchi minglab qushlarni ovlaydi. Ularning asosiy qismini oʻrdaklar va qashqaldoqlar tashkil etadi. Ovlanadigan hayvon turlari resurslaridan barqaror foydalanish maqsadida hozir 40 ga yaqin ovchilik va baliqchilik xoʻjaliklari tashkil etilgan. Ularning katta shemi suv oldi hududlarida joylashgan boʻlib, suvda suzuvchi kushlarni ovlashga ixtisoslashgan. Ov qilish qoidalari, muddati va miqdorini tegishli tashkilotlar nazorat qilib turadi. Keyingi yillarda Ov qushlari yashashiga salbiy taʼsir etuvchi omillarning koʻpay-ganligi inobatga olinib, ularni yashash joylarida, migratsiya va qishlash davrida muhofaza qilishni kuchay-tirish, huquqiy jihatdan takomillashtirishni amalga oshirish hamda mu-voffiqlashtirish maqsadida suvda suzuvchi qushlarni oʻrganish boʻyicha xalqaro byuro tashkil etilgan. Suvda suzuvchi qushlar majmuini, shuningdek, ayrim turlari muhofazasini koʻzda tutib, xalqaro konvensiyalar, bitimlar tuzilgan. Oqbosh oʻrdak, ola qanot, marmar churrak, toʻxta va yoʻrgʻa tuvaloklar kabi ov qushlari Xalqaro va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitoblariga kiritilgan.
Elmurod Shernazarov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |