Ovchilik xoʻjaligi
Ovchilik xoʻjaligi (OʻzRda) -mamlakatdagi ovchilik maydonlarini qoʻriklash, tiklash va undan foydalanish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Ovchilik xoʻjaligi hukumat qarori bilan tashkil etiladi. Oʻzbekistonda ov qilinadigan joylar "Oʻzbekovchibaliqchi uyushmasi" tasarru-fida. Maydoni—708698 ga (2003). 40 ta Ovchilik xoʻjaligiga shartnoma asosida biriktirib koʻyilgan. Togʻli mintaqalardagi Ovchilik xoʻjaligi lari ixtiyorida 360 ming ga maydon bor. Eng yiriklari Baxmal-Zomin, Gʻova-Olmos, Sangzordon, Qurama, Beldorsoy Ovchilik xoʻjaligilari. Kaklik, bedana, ular, quyon, toʻngʻiz, boʻrsiq va boshqa ovlanadi. Choʻldasht va suvli yerlardagi Ovchilik xoʻjaligilari daryolar va suv omborlari atrofida tashkil etilgan: Aydar, Arnasoy, Zaraf-shon, Oqtepa, Sariqamish, Sirdaryo, Qoraqir, Janubiy Surxon, sharqiy Arnasoy va boshqa Umumiy maydoni 348 ming ga dan ortiq. Bu xoʻjaliklarda yana har xil baliklar va turli suv kushlari, shuningdek, koʻchmanchi qushlar ovlanadi.
Ovchilik xoʻjaligilari faoliyati xoʻjalik hisobi asosida olib boriladi. Ovshunoslar va yegerlar xoʻjalik ishlaridan tash kari biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi: qishda yovvoyi hayvonlar va qushlarni qoʻshimcha ovqatlantirish, sunʼ-iy inlar va uyalar qurish, daraxt va buta koʻchatlari oʻtqazish va parvarish qilish ishlari bajariladi. Bir yilda 2-marta hayvonlar va qushlarning miq-dori hisobga olinadi, ularning po-pulyasiyasiga zarar yetkazmasdan ovlash tadbirlari (otiladigan, tutiladigan hayvon va qushlar soni) belgilanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |