Ovoz operatori
(Ovoz Operatoridan yoʻnaltirildi)
Ovoz operatori — kinoda filmni suratga oluvchi ijodiy jamoa aʼzo-si. Ssenariy muallifi va rejissyorning umumiy gʻoyasiga muvofiq filmni ovozlashtiradi.Film ovozi bezagining badiiy va texnik sifatiga javob beradi. Ovozlar izohini tayyorlaydi, aktyorlar ovozini sinash uchun yozib oladi. Fonoteka materiallarini tanlaydi, sinxron ovoz yozish, musiqa va shovq-inlarni yozish kabi ishlarni amalga oshiradi. Radioeshittirish, televideniye va ovoz yozib olish studiyalarida Ovoz operatori magnit fonogrammalarini yozib oladi va eshittiradi. Ovoz rejissyori rahbarligida yozib olingan fonogrammalarni montaj qiladi, ulardan nusxa oladi va eski fonogrammalarni taʼmirlaydi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |