Oxunboboyev nomidagi kanal
(Oxunboboyev Nomidagi Kanaldan yoʻnaltirildi)
Oxunboboyev nomidagi kanal — Namangan viloyatidagi magistral kanali. Uzunligi 48 km. Suv oʻtkazish imkoni-yati 70 m³/s. Sirdaryodan toʻgʻonsiz suv oladi, suvning oʻzi oqib oʻtadi. Qoradaryodan suv oluvchi Oʻrolamin, Mahman va Eshonbobo kanallari birlashtirilib, rekonstruksiya qilingach, 1930-yilda ishga tushirilgan. Uning yangi bosh inshooti Sirdaryoning Mingbuloqburni yaqinida barpo etilgan (1964). Kanal trassasi bosh qismida Sariqsuv kollektorini kesib oʻtadi. Mazgil oʻzani orqali, soʻngra qoʻriq yerdan oqadi. Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Pop, Uychi, Namangan tu-manlaridagi 40 ming gektarga yaqin yer sugʻoriladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |