Oy sunʼiy yoʻldoshlari - Oy atrofidagi orbitaga chiqarilgan kos-mik uchish apparatlari. Oy sunʼiy yoʻldoshlari y. orbitasi barcha sayyoralarning yoʻldoshlari orbitasiga oʻxshaydi. Orbitaning Oy markaziga eng yaqin nuqtasi periseleniye, eng uzoq nuqtasi aposeleniye deyiladi. Birinchi Oy sunʼiy yoʻldoshlari y. — "Luna-10" 1966-yil 31-martda uchirilgan (qarang "Luna"). 1966—69 yillarda hammasi boʻlib "Luna" (SSSR) tipida beshta, "Lunar Orbiter" (AQSH) tipida beshta Oy sunʼiy yoʻldoshlari y. uchiriddi. Oy sunʼiy yoʻldoshlari y. yordamida Oy atrofidagi kosmik fazo, Oyning tortish maydoni va radiatsiya mintaqalari oʻrganildi, Oy sathining fotosuratlari olinib, Yerga uzatildi, televizion kamera yordamida Oyni doimo kuzatish imkoni tugʻildi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil