Oyat (arab. — ilohiy belgi, moʻʼjiza) — Qurʼon suralarining bandi. Islomga koʻra, O. Allohning oʻz elchisi Muhammadga vahiy qilib, bandalarga qoʻllanma sifatida yuborgan farmoyishi, moʻʼjizasi. Qurʼonning 7-asrga oid ilk nusxalaridayoq suralar O. larga boʻlingan va har sura doirasida tartib bilan raqamlangan. O.larning ayrimlari qisqa iboradan, baʼzilari bir necha jumladan tashkil topgan. Qurʼon O.larining soni 6236 ta ekani koʻproq manbalarda qayd etilgan. Ayrim O.lardan masjidlar, islom mamlakatlaridagi rasmiy idoralar va xususiy uylarning ichki va tashqi bezagi sifatida foydalaniladi. Qabrtoshlarga ham O. yozish uchrab turadi. Bir kancha O.lar va ularning qismlariga moʻʼjizakor, sexrli kuch sifatida qaralib, ulardan tumor qilingan; bunday O.lar oyat-ul hafz (himoyalovchi O.), oyat-ush shifo (shifo O.) deb ataladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil