Oyoqogʻitma koʻli
(Oyoqog'itma ko'lidan yoʻnaltirildi)
Oyoqogʻitma koʻli — Buxoro viloyati shimolidagi Oyoqogʻitma qishlogʻi yaqinidagi koʻl. Oyoqogʻitma botigʻida. Oyoqogʻitma koʻliga Buxoro va Navoiy viloyatlari ekin maydonlaridan chiqadigan sizot va oqova suvlardan hosil boʻlgan Shoʻrkoʻl kollektori quyiladi. Suv yuzasi maydoni yoz oylarida 60 km² gacha ortadi, shu vaqtda chuq. 10 m dan ortadi, kuzda suv yuzasi maydoni kichrayadi. Suvi shoʻr. Baliqlarning sazan, doʻngpeshona, laqqa kabi turlari uchraydi. O. atrofi qamishzor, botqoqlik, qushlarga boy.[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |