Oytosh
Oytosh — dala shpatlari guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi K2OAl2O3-6SiO2. Qattikligi 6, zichligi 2,6 g/sm1. Koʻpincha yarim shaffof (oydek tovlanadi — nomi shundan) koʻkim-tir O. uchraydi. Kristallari prizmatik, tabletkasimon donador agregatlardan iborat. O. kvars slyuda, nodir mine-rallar (topaz, turmalin) bilan birga (pegmatit yoki alp tipli tomirlarida) uchraydi. Shri Lanka, Rossiya Federatsiyasi (Kareliya, Ural togʻlari oʻrta qismi)da O.ning sifat turlari bor. O. qimmatbaho va bezak buyumlar yasashda ishlatiladi.[1]
Asosiy | |
---|---|
Formulasi | (Na,K)AlSi3O8 |
Guruh | Dala shpati |
Fizik xususiyatlari | |
Rangi | Oq, kulrang, yashil, pushti, jigarrang |
Qirra rangi | Oq |
Qattiqlik | 6.0 |
Oytosh |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |