Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (ozarbayjoncha: Azərbaycan Respublikasının Daxili İşlər Nazirliyi) — Ozarbayjon hukumatining ichki ishlar vazirligi boʻlib, u mamlakatdagi tartib, xavfsizlik va tinchlikni saqlash uchun masʼuldir. Ozarbayjon ichki ishlar vaziri Ozarbayjon qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni, Ozarbayjon Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Maqomi | amalda |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 28-may, 1918-yil |
Joylashuvi | 7 Husu Hajiyev koʻchasi, Boku shahri, Ozarbayjon[1] |
Hududiy xizmati | Ozarbayjon |
Nazir | Vilayet Eyvazov |
Vebsayti | www.mia.gov.az |
Til(lar)i | ozarbayjon tili |
Hozirgi ichki ishlar vaziri Viloyat Eyvazov.
Tarix
tahrirIchki ishlar vazirligi birinchi boʻlib Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati huzurida 1918-yil 28-mayda mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng tashkil etilgan. Politsiya uchun masʼul boʻlgan davlat idorasi boʻlib, u Ozarbayjon davlat qurilishida juda muhim rol oʻynagan. Biroq 1920-yil 28-aprelda Ozarbayjon Sovet Ittifoqi tasarrufiga oʻtganida vazirlik SSSR Ichki ishlar vazirligi vakolatiga oʻtkazildi. Vazirlik xodimlari Ulugʻ Vatan urushi yillarida ajralib turganlar, ulardan 800 ga yaqini fashistlar Germaniyasiga qarshi jasorat va kurash uchun turli mukofot va medallarni olganlar.
1991-yil 18-oktabrda Ozarbayjon mustaqilligi tiklagandan soʻng vazirlik Ozarbayjon Respublikasi vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Ozarbayjon huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari togʻli Qorabogʻ mojarosi paytida urush olib borishdi, ulardan 932 nafari urush paytida halok boʻlishdi. Politsiya xodimlarining oltmish oltitasi Ozarbayjonning Milliy Qahramoni mukofotiga sazovor boʻldi, ulardan 86 nafari Ozarbayjon bayrogʻi va 247 nafari Ozarbayjon Respublikasining boshqa medallari va ordenlari bilan taqdirlandilar. 1992-yilda Ozarbayjon Xalqaro jinoiy politsiya tashkilotiga (Interpol) qoʻshildi va 1992-yil 24-noyabrda Ichki ishlar vazirligi tarkibida Interpol Milliy markaziy byurosi (NCB) tashkil etildi.
Taʼlim muassasalari
tahrirPolitsiya akademiyasi
tahrirOzarbayjon Ichki ishlar Xalq Komissariyati qaroriga binoan Politsiya akademiyasi 1921-yilda oddiy militsiya va qoʻmondonlarni tayyorlaydigan maktab sifatida tashkil etilgan. 1936-yilgacha Bokuda faoliyat yuritgan. Ushbu maktab oʻsha yili Bokuning Mardaken tumaniga koʻchirilgan. 1957-yilda Boku Militsiya maktabi SSSR Ichki ishlar vazirligining Boku shahridagi Oʻrta maxsus militsiya maktabiga aylantirildi. Maktab bitiruvchilariga ikkinchi darajali huquqshunosning diplomi topshirildi. Taʼlim maktabda ikki yil davom etadi[2].
1957-1961-yillar davomida maktab Gruziya, Dogʻiston, Kabardin-Balkariya, Oltoy, Irkutsk, Krasnodar, Kuybichev, Novosibirsk, Kemerovo, Saratov va boshqa oʻnlab shahar va mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorladi[2].
Xalqaro munosabatlar
tahrirOzarbayjon Ichki ishlar vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Yevropada Hamkorlik Xavfsizlik Tashkiloti, Yevropa Kengashi, Xalqaro Migratsiya Tashkiloti va Xalqaro Qizil Xoch Tashkiloti va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatmoqda.
Ushbu vazirlik, shuningdek, Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, GUAM va Janubi-Sharqiy Yevropada hamkorlik tashabbusi bilan yaqin hamkorlikni davom ettirmoqda.
Manbalar
tahrir- ↑ „Daxili İşlər Nazirliyi“ [Ministry of Internal Affairs]. 2012-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-yanvar.(Wayback Machine saytida 2012-03-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ 2,0 2,1 „THE MINISTRY OF INTERNAL AFFAIRS“. azerbaijan.az. 2018-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.(Wayback Machine saytida 2018-10-15 sanasida arxivlangan)