Ozuqa ratsioni — mollarga maʼlum vaqt (kun, oy, mavsum)da berdiriladigan yem-xashak. Ozuqa ratsioni ozuqa normasi asosida tuziladi; bunda xoʻjalikda mavjud yem-xashakning turi, toʻyimliligi, chorva mollarining yoshi, sogʻlomligi, mahsuldorligi, ishtahasi va boshqa individual xususiyatlari eʼtiborga olinadi. Ozuqa ratsioni protein, aminokislota, kalsiy, fosfor va osh tuziga boy boʻlishi kerak. Ozuqa ratsioni belgilashda oʻrtacha ishtahali chorva mollari koʻzda tutiladi. Ularning normal ovqat hazm qilishni taʼminlash uchun ratsionda yem-xashak nisbati toʻgʻri belgilanishi lozim. Ozuqa ratsioni tarkibidagi turli ozuqalarning foizda ifodalangan miqdori ratsion tuzilmasini koʻrsatadi. Ozuqa ratsioni, odatda, har oyda yangidan tuziladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil