Parda Tursun (taxallusi; asl ism-sharifi Parda Tursunov) (1909.7.11, Namangan viloyati Pop tumani Chor-kesar qishlogʻi — 1957.28.9, Toshkent) — yozuvchi. Almaiy nomidagi oʻlka uzbek namuna ishmaktabi (1923—27), Toshkent pedagogika bilim yur-tida (1927—28) oʻqigan. "Batrak" gaz.da masʼul kotib (1930—31), "Kizil Oʻzbekiston" gaz.da adabiy xodim (1931—34; 1939—40). 1935—36 yillarda Oʻrta Osiyo plan-iqtisod institutida birmuncha muddat taqsil koʻrgach, Oʻzbekiston Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi kotibi (1937—38), Oʻzbekiston Telegraf agentligi (1940—45)da adabiy xodim va muharrir, partiya tarixi institutida ilmiy xodim (1948—50).

P.T.ning adabiy faoliyati 1929—30 yillarda kichikkichik hikoyalar yozish bilan boshlangan ("Alvasti", 1929; "Zoʻrlik", 1932 va boshqa toʻplamlar). P.T.ning bu hikoyalaridan keyinchalik uning "Haq yoʻl" (1947) avtobiografik qissasi "oʻsib chiqqan". P.T. 1940-yilda yozilgan bu qissasi ustida uzoq vaqt ishlab, uni 1947-yilda nashr etadi. Keyinchalik mazkur qissaga sayqal berish, unda belgilangan qaxramonlar hayoti va jamoalashtirish davri manzaralarini tasvirlashda davom etib, dastlab "Oʻqituvchining yoʻli" (1949), keyin esa "Oʻqituvchi" romanini (1951) yozadi. Toshkent va Namangandagi bir necha maktab va koʻchalarga P.T. nomi berilgan.

Ac: Oʻqituvchi |Roman], T., 1972.

Adabiyot

tahrir
  • Ikromov O., Parda Tursun. Adabiy portret, T., 1968; Uzbek adabiyoti tarixi, 3-j., T., 1972.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir