PYA-3-35 tirkama plug hisoblanadi. Plug ikki yarusli boʻlib, solishtirma qarshiligi 10 N/sm² gacha boʻlgan yerlarni haydashga moʻljallangan. Hozirgi kunda asosan ularni ikki xili ishlab chiqariladi. PYA-3-35-1 asosan Oʻzbekistonda paxtachilik zonalarida ishlatiladi. PYA-3-35-2 tirkama plugi esa barcha hududlarda ishlatiladi. Plug gidlavlik hisoblanadi. Uni asosan DT-75MV kabi traktorlari bilan agregatlanadi[1].

Plugning texnik tavsifnomasi

tahrir

Yer haydash chuqurligi 30 sm, bir soatdagi ish unumi 0.6 ga/soat, qamrash kengligi 105 sm, pastki korpusning qamrash kengligi 35 sm, yuqori korpusning qamrash kengligi 30 sm, plugning boʻyi 5600 sm, plugning eni 2000 sm, balandligi 1590 sm, plugning massasi 1070 kgni tashkil qiladi.

PYA-3-35 ning asosiy ishchi organi

tahrir

PYA-3-35 ikki yarusli tirkama plugi: egat gʻildiragi, yuqori korpus, orqa gʻildirak, orqa gʻildirak mexanizmi, rama, dala gʻildiragi mexanizmi, gidrosilindr, tirkama, dala gʻildiragilardan tashkil qiladi[2].

Manbalar

tahrir
  1. M.Shoumarova, T. Abdillayev „Qishloq xoʻjaligi mashinalari“
  2. Mamatov F.M „Qishloq xoʻjaligi mashinalari“