Pachkamar gaz-kondensat koni

(Pachkamar Gaz-Kondensat Konidan yoʻnaltirildi)

Pachkamar gaz-kondensat koni — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi kon. Dehqonobod va Gʻuzor shaharlari oraligʻida joylashgan. Kon may-doni oʻrtacha balandlikdagi togʻ relyefidan iborat boʻlib, balandligi 700–800 m. Pachkamar strukturasi 1952-yilda 1:25000 masshtabdagi strukturaviy-geologik sʼyomka natijasida aniklangan va 1973-yilda dastlabki parametrik quduq qazilgan. 1974-yilda quduq sinab koʻrilganda yuqori yura davrining karbonatli yotqiziqarida sanoat ahamiyatidagi gaz uyumi borligi maʼlum boʻldi. 1973-yildan 1978-yilgacha 6 burgʻi qudugʻi qazilgan. Qudukdarning oʻrtacha chuq. 1919–2210 m. 6 qudukdan faqat bittasi — parametrik quduq (chuq. 2210 m) gazlilik chega-rasi ichida, qolgan 5 tasi gazlilik che-garasidan tashqarida joylashgan. Konning geologik tuzilishida yura, boʻr, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr yot-qiziklari ishtirok etadi.

Tektonik jihatdan Pachkamar strukturasi Qaroillangar antiklinalining jan.-sharqiy qanotida, u ham oʻz navbatida Boysun megaantiklinalining shim.-gʻarbiy chekkasida joylashgan. Pachkamar burmasi shim.-sharqiy yoʻnalishda choʻzilgan braxiantiklinaldan iborat, uning oʻlchami — 1300 m chuqurlikdagi berk izogips chizigʻi boʻylab 6,5x2,2 km, balandligi 200 m. Shim.-gʻarbiy kanotning yotish burchagi 18— 20°, jan.-sharqiysi 20—25°, periklinallariniki 3—10°. Burmaning shim.-gʻarbiy qanoti yoriq bilan buzilib mu-rakkablashgan.

Sanoat ahamiyatiga molik gaz yuqori yura davri karbonat jinslarining 16-, 15a-, 15- gorizontlari bilan bogʻliq. Gaz, asosan, murakkab (15-gorizont) va gʻovakdarzli (16a va 16- gorizontlar) kollektorlarda uchraydi. Gaz sarfi (kondensat bilan birga) sutkada: 16-go-rizontda 494,8 ming m3, 15a da —344,4 ming m3, 15- da —531,1 ming m3. Kondagi gaz zichligi 0,692—0,696 g/sm3. Gaz tarkibida hajmiga nisbatan, % da: metan 80,0; etan 7,72; propan 4,3; moʻʼta-dil butan 11,04; izobutan 0,84; moʻʼtadil pentan 0,27; izopentan 0,41; vodorod sulfid va karbonat angidrid gazi yigʻindisi 0,3; azot 2,86. Gazdagi mikrokomponentlar miqdori, mg/l: yod 1,3—2,03 dan 5,28—6,49 gacha; brom 16,5—49,0 dan 69,08—85,02 gacha; bor oksidi 5,3—21,9 dan 52,6—122,6 gacha. Hozirgi kunda kon sanoat mikyosida foy-dalanishga tayyorlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil