Paetongtarn Shinawatra
Paetongtarn Shinawatra (tailandcha: แพทองธาร ชินวัตร; RTGS: Phaethongthan Chinnawat; 21-avgust 1986-yilda tavallud topgan) – tailandlik siyosatchi va biznesmen ayol, 16-avgust 2024-yildan Tailandning 31-chi ayol Bosh vaziri, Shinawatra Pheu Thai siyosiy partiyasining aʼzosi, u Taksin Shinawatraning kenja qizi (2001-yildan 2006-yilgacha bosh vazir) va Yingluk Shinawatraning jiyani (2011-yildan 2014-yilgacha bosh vazir). Paetongtarn Tailandning eng yosh ikkinchi ayol bosh vaziri hisoblanadi.
Paetongtarn Shinawatra | |
---|---|
แพทองธาร ชินวัตร | |
Paetongtarn 2024-yilda | |
31-Tailand Bosh vaziri | |
Mansab davri 16-avgust 2024-yil | |
Monarx | Vajiralongkorn |
Oʻtmishdoshi | Phumtham Wechayachai |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-avgust 1986-yil Bangkok (Tailand) |
Bolalari | 2 |
Taʼlim |
Chulalongkorn universiteti Surrey universiteti |
Imzosi |
Hayoti
tahrirPaetongtarn 1986-yil 21-avgustda Bangkokda tavallud topgan[1][2]. U boshlangʻich oʻrta taʼlimni Sent-Jozef rohibalar maktabida, yuqori oʻrta taʼlimni esa Mater Dei maktabida tugatgan. Paetongtarn Chulalongkorn universitetining siyosatshunoslik fakultetida tahsil olib, 2008-yilda sotsiologiya va antropologiya yoʻnalishiga ixtisoslashgan holda siyosatshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng, Paetongtarn oʻz taʼlimini Angliyada davom ettirib, u yerda xalqaro mehmonxona menejmenti boʻyicha magistrlik darajasini olgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Chen, Heather; Olarn, Kocha „A coup ousted her father. Now she's standing in Thailand's election“ (en). CNN (2023-yil 9-aprel). 2023-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.
- ↑ Campbell, Charlie (18 April 2023). „Her Family Was Ousted From Power in Thailand. Now She Wants to Be Asia's Youngest-Ever Female Leader“. TIME (inglizcha). 19 August 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19 August 2024.