Palayam juma masjidi
Palayam juma masjidi sifatida tanilgan Masjid-i Jahan-Numa („Dunyoni aks ettiruvchi masjid“) Hindistonning Kerala shahridagi Trivanantapuramning asosiy masjididir. Bu jome masjidi (Jamoat masjidi) hisoblanadi.
Masjid | |
Palayam juma masjidi
| |
Palayam mmasjidining oldidan koʻrinishi | |
Mamlakat | Hindiston |
Shahar | Kerala |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Hajmi | 2000 kishi |
Palayam juma masjidi Vikiomborda |
Palayam juma masjidi Trivanantapuramdagi eng muhim masjiddir. Palayamda masjidning qoʻshnilari sifatida ziyoratgoh va xristian cherkovi mavjud boʻlib, bu Keralitlarning umumiy uygʻunligini namoyish etadi[1].
Tarixi
tahrirTrivanantapuramdagi Palayam masjidining tarixi milodiy 1813-yilga borib taqaladi, oʻshanda Britaniya hindularining ikkinchi polki bu yerda joylashgan edi. Keyin u hayit namozlarini oʻqish uchun ochiq namozgohi boʻlgan kichik masjid (Pattalappalli) sifatida qurilgan. 1824-yilda oltinchi polk bu yerga joylashtirilgach, uning zobitlari yerni sotib olib, qozilikni Labba oilasining vakili Shayx Mansur Labboga, masjid hujjatlarini esa muazzinga ishonib topshiradilar. 1848-yilda 16-polk bu yerga kelganida, uning jamadorlari va hovildorlari masjidni sezilarli darajada yaxshiladilar, jumladan, darvoza qurish va masjid binosini saqlash va taʼmirlash ishlarini olib borishgan. Bu yerda boshqa polklar joylashgan vaqtida, uning zobitlari keyingi oʻzgarishlar va yaxshilanishlarni amalga oshirganlar. Shunday qilib, masjid qariyb 200 yillik tarixga ega.
Keyinchalik, 1960-yillarda Trivanantapuramning koʻplab ishbilarmonlari va hukumat amaldorlari uni taʼmirlashni boshladilar. Qozi va Imom Moulaviy shayx Abul Hasan Ali al-Nuriy boshchiligida hozirgi Palayam juma masjidi barpo etildi. Juma masjidi 1967-yilda Hindiston prezidenti doktor Zokir Husayn tomonidan ochilgan. Shayx Abul Hasan Ali al-Nuriy (1921 – 2011), ozodlik kurashchisi, koʻp tilli olim va Palayam juma masjidining birinchi imomi bu yerda yigirma yilga yaqin muddat davomida (1959 – 1979) xizmat qilgan. Masjidning hozirgi „pattalappalli“ maqomiga koʻtarilishiga imomlik davrida koʻp hissa qoʻshgan.
Birinchi imom
tahrirBirinchi saylangan imom Shayx Abul Hasan Ali al-Nuriy 1921-yilda Tenkassida tugʻilgan. U 46 yildan ortiq vaqt davomida hanafiy imomi sifatida xizmat qilgan Shayx Mansur Labbadan keyin xizmat qilishga saylangan. Rajapalayamdagi maktabga borgan va taʼlimini Tanjavurdagi oliygohda tugatgan. Birmaga aspiranturada oʻqish uchun joʻnab ketadi va Rangunda oʻqituvchi sifatida faoliyat olib boradi. U toʻqqiz tilni, jumladan arab, urdu, fors, malay va birma tillarini yaxshi bilgan. 1942-yilda Uttar-Pradesh va Dehlida Hindistonni tark etish harakatida faol ishtirok etgan. 1952-yilda Tenkasida imomlik qilgan. 1959-yildan boshlab, taxminan yigirma yil davomida Palayam juma masjidida imom va qozi lavozimida ishlagan. Bir nechta kitoblar muallifi, taniqli notiq, ijtimoiy islohotchi va oʻqituvchi hisoblanib, u ilgʻor dunyoqarashga ega edi. Shuningdek, Shayx Abul Hasan Ali al-Nuriy ayollar taʼlimini himoya qilgan, toʻylardagi sep berish holatlarini tanqid qilgan va foizsiz bank faoliyatini targʻib qilgan. „Darul amaana“ — foizsiz mikromoliya tizimi 1970-yilda uning rahbarligi ostida ishga tushirilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Palayam Juma Masjid“. tvmonnet.com. 2008-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-noyabr.
Havolalar
tahrirVikiomborda Palayam juma masjidi haqida turkum mavjud |
- Veb-sayt – http://palayamjumamasjid.org/ (Wayback Machine saytida 2017-05-16 sanasida arxivlangan)