Giovanni Pierluigi da Palestrina
(Palestrina (kompozitor)dan yoʻnaltirildi)
Palestrina (Ralestrina), Jovanni Pyerluiji da Palestrina (taxminan 1525, Rim yaqinidagi Palestrina shahri — 1594.2.2, Rim) — italyan kompozitori, Rim polifonik maktabi asoschisi, Uygʻonish davri musiqasining yirik namoyandasi. 1544—51 yillari Palestrina shahridagi cherkov xor kapellasida organchi va kapelmeyster, soʻngra Rim kapellalarining musiqa rahbari. Ijodi asosini diniy xor asarlari tashkil etadi (jami 100 dan ortiq messa, 180 ga yaqin motet, oʻnlab madrigallar, magnifikatlar va boshqalar). Koʻp ovozli vokal musikaning mumtoz namunalarini yaratgan. Musiqa uslubiga polifoniya va garmoniya vositalarining oʻzaro uygʻunligi, orombaxsh kuylar ravonligi, mushohadali va samimiy obrazlarning ichki muvozanati xos.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |