Pali
Pali — hind (hind-oriy) tillaridan biri; Shri Lanka o.da mavjud boʻlgan buddaviylik qonunlarining tili sifatida Shri Lanka (Seylon), Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vyetnamsa qoʻllanadi. Chamasi, qad. oʻrta hind laxjasi asosida paydo boʻlib, keyinchalik sharqiy laxjaning bir qator xususiyatlariga ega boʻlgan P.ning vatani — Hindiston; miloddan avvalgi davrdayoq buddaviylik bilan birga Shri Lankaga tapqalgan; milodiy 1-ming yillik oxiri va 2-ming yillik boshlarida Jan.-Sharqiy Osiyodagi bir qancha mamlakatlarga tarqaladi. P.da koʻplab diniy, falsafiy, ilmiy, badiiy asarlar (jumladan, jan. buddistlarning muqaddas kitoblari) yaratilgan. Bu til Jan.-Sharqiy Osiyodagi koʻplab tillarga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Bayon usuliga kura va xronologik jiqatdan P.ning 4 koʻrinishi mavjud: diniy qonunlarning sheʼriy qismlari tili (eng qad.); qonunlarning nasriy bayon tili (maʼlum darajada tartib va meʼyorga solingan); diniy kitoblarga izoh va tafsirlar tili (yanada soddalashtirilgan); Jan.Sharqiy Osiyodagi yangi adabiyotlar tili (oldingi davrlarga nisbatan koʻplab tafovutlar. va oʻzga tizimdagi tillarning taʼsiri seziladi). Boshqa oʻrta va keyingi davr hind tillaridan muayyan fonetik, leksik-fammatik jihatlari bilan farq qiladi. Ayniqsa, leksikasi oʻta murak-kabligi va, asosan, diniy taʼlimot gʻoyalarini aks ettirishga moʻljallanganligi bilan ajralib turadi. Brahmi yozuvi asosida shakllangan qad. yozuvga ega.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |