Palinologiya
Palinologiya (yunoncha: paline — mayin chang va ...logiya) — botanikaning oʻsimlik changi va sporasini oʻrganadigan tarmogʻi. "P." terminini ingliz paleo-botaniklari X. Xayd va D. Uilyame (1944) taklif qilgan. Palinomor-fologiya P.ning asosiy tarmogʻi boʻlib, spora va chang donalarining shakli, tuzilishi va rivojlanishini tekshiradi. P. chang va sporaning krbi-gʻini, morfologiya va anatomiyasini oʻrganadi. Palinologik tekshirishlar sitologiya, genetika, morfologiya, fizika, kimyo va matematika fanlari yutuklariga asoslangan holda mikroskop, elektron mikroskop va rentgen nurlaridan foydalanib oʻtkaziladi.
Yer sharining qobigʻini oʻrganishda, undagi qazilma boyliklarni qidirishda, shuningdek, oʻsimliklar va iqlim tarixini aniqlashda P. maʼlumotlaridan foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |