Pamukkale Universiteti
Pamukkale Universiteti 1992-yil 11-iyul Turkiyaning Denizli viloyatida tashkil etilgan davlat universitetidir[1].
Turi | Davlat Universiteti |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1992-yil 11-iyul |
Rektori | Ahmet Kkutluhan |
Fakultetlar |
20 ta fakultet 6 ta institut 17 ta kasb hunar-maktabi 45 ta tadqiqot markazlari |
Talabalari | 41.480 nafar (2021-yil holatiga koʻra) |
Manzili | |
Veb-sayti | pau.edu.tr |
Tarixi
tahrirPamukkale Universiteti 1992-yilgacha „Denizli tibbiyot fakulteti“ sifatida Dokuz Eylül universiteti tarkibida bo‘lgan. 1992-yilga kelib, Muhandislik fakulteti, Taʼlim fakulteti, Tibbiyot fakulteti, Iqtisod va maʼmuriy fanlar fakulteti hamda Fan va adabiyot fakulteti kabi 5 ta fakultet bilan Pamukkale Universiteti sifatida tashkil etilgan. Universitetning barcha fakultet va ijtimoiy obyektlari Kınıklı kampusida joylashgan. Kampusda zamonaviy kutubxona mavjud. 2011-yil holatiga ko‘ra ushbu kutubxonada 60000 ta nashr etilgan kitob va 45000 ta elektron kitob mavjud.
Raqamlar
tahrirHozirgi kunda universitetda 414 ta taʼlim yo‘nalish mavjud. Bular 124 ta aspirantura, 125 ta bakalavriat, 111 ta magistratura va 54 ta doktorantura yo‘nalishlaridir.
Denizlining markazida joylashgan universitet 18000 m2 ochiq va 265750 m2 yopiq umumiy hisobda 283,750 m2 maydonda o‘zining taʼlim faoliyatini davom ettirmoqda. Shuningdek kampusda kuniga 24 soat xizmat ko‘rsatadigan kutubxona ham mavjud. Pamukkale Universitetining o‘z kasalxonasi mavjud. Universitet kasalxonasi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanganligi va malakali xodimlari bilan diagnostika va davolashda mintaqaning eng yaxshi shifoxonasi hisoblaniladi. Kasalxona 9 ta reanimatsiya bo‘limi, ambulator tekshiruv va davolash bo‘limi va 21 ta operatsiya xonasini o‘z ichiga olgan[2]. Hozzirda Pamukkale Universitetida 2192 nafar ilmiy xodimlar 49044 nafar talabaga taʼlim berib kelmoqda[3].
Akademik birliklar
tahrirFakultetlar
- Stomatologiya fakulteti
- Ta’lim fakulteti
- San’at va fanlar fakulteti
- Iqtisodiyot va ma’muriy fanlar fakulteti
- Ilohiyot fakulteti
- Aloqa fakulteti
- Ingliz tili va adabiyoti fakulteti
- Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti
- Arxitektura va dizayn fakulteti
- Muhandislik fakulteti
- Musiqa va ijrochilik fakulteti
- Sport fanlari fakulteti
- Sog‘liqni saqlash fanlari
- Texnik ta’lim fakulteti
- Tibbiyot fakulteti
- Texnologiya fakulteti
- Turizm fakulteti
- Huquq fakulteti
- Amaliy fanlar fakulteti
- Qishloq xo‘jaligi fakulteti
Kollejlar
- Jismoniy terapiya va reabilitatsiya maktabi
- Amaliy fanlar maktabi
- Chet tillar maktabi
Institutlar
- Arxeologiya instituti
- Sog‘liqni saqlash fanlari instituti
- Ijtimoiy fanlar instituti
- Ta’lim fanlari instituti
- Fan va texnologiya instituti
- Islom fanlar instituti
Havolalar
tahrirManba
tahrir- ↑ „Tahihçe“. Pamukkale Üniversitesi. 31-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2015-yil.
- ↑ „Tahihçe“. Pamukkale Üniversitesi. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Pamukkale Üniversitesi“. www.pau.edu.tr. Pamukkale Üniversitesi. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.