Pandeyru
Pandeyru (portugalcha: Pandeiro) — Janubiy Amerika, Portugaliya va boshqa mamlakatlarda chalinadiga zarbli cholgʻu asbobi, daf turi, oʻzbeklarning childirmasiga oʻxshash.
Braziliyada pandeyru norasmiy xalq musiqa asbobi[1], sambaning ruhi hisoblanadi. Braziliyacha kapoeyra musiqasi hamrohligida chalinganda pandeyru ritmi atabake tovushini toʻldiradi.
Asbob childirma kabi chalinadi: membranani urib, cholgʻuni butunicha titratish.
Pandeyru membranasining tortib sozlanishi ijrochiga kerakli ovoz balandligini tanlash imkonini beradi. Pandeyru gardishi boʻylab platinelas deb ataluvchi metall tarelkachalar taqilgan; tarelkachalar har bir toʻplamda uchtadan oʻrnatilgan boʻlib, ular botiq shakldaligi sababli tarelkachali oddiy orkestr childirmasiga qaraganda sof, tiniq va yumshoq tovush chiqaradi.
Asbob bir qoʻl bilan tutilib, ikkinchi qoʻl bilan membranaga uriladi. Pandeyru ritmlari kaft, bosh barmogʻi, barmoqlari va tovonning zarbalari yordamida ijro etiladi. Bundan tashqari, pandeyruni, shunchaki, silkitib qoʻyilsa ham tovush chiqaradi yoki membranani chertganda ham rol (roll) deb ataluvchi chiroyli jarang sochadi.
Pandeyru samba, shoru, koku va kapoeyra kabi Braziliyacha musiqa shakllarida ijro qilinadi. Braziliyacha pandeyru ispan-portugallarning pandeireta cholgʻu asbobidan kelib chiqqan.
Tasvirlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Статья "Бразильская музыка" в Музыкальной энциклопедии в 6 тт., 1973-1982“. 2013-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-mart.
Yana qarang
tahrirHavolalar
tahrir- Джозеф Говард. Барабаны в Америках, 1967. ISBN 9780825601804.