Panjob tili yoki panjobiy — hind (hind-oriy) tillaridan biri. Hindistondagi Panjob shtatining rasmiy tili; shuningdek, Pokistonning ayni nomdagi viloyatida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 90 mln. kishidan ortiq (Hindistonda 30 mln.ga yakin, Pokistonda 60 mln.dan koʻproq). Asl P. (sharqiy P.) bir qancha laxjalarga boʻlinadi; ularning asosiylari: majhi (adabiy tilga asos boʻlgan) va dogri (alohida xususiyatlarga ega boʻlib bormoqda). Unga lingvistik adabiyotlarda "lahnda (lendi)" degan umumiy nom olgan gʻarbiy panjob tillari va lah-jalari qoʻshilib ketadi.

Panjob tili
Milliy nomi ਪੰਜਾਬੀ va پنجابی
Mamlakatlar Hindiston va Pokiston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 125 000 000[1]
Turkumlanishi
Til oilasi

Hind-Yevropa

Hind-Eroniy
Hind-Oriy
Shimoli-g'arbiy Hind-Oriy
Panjobiy
Alifbosi Gurmukhi alifbosi va Shohmukhi alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 pa
ISO 639-2 pan
ISO 639-3 pan

Tuzilishiga koʻra, P. hindiy va urdu tillariga yaqin. Aslida agglyutinativ til boʻlgan P.da keyinchalik fleksiya ham rivojlangan. Leksik, grammatik jihatlari hindiy tiliga oʻxshasada, fonetik jihatdan undan keskin farq qiladi. P.da choʻziq va qisqa unlilar, oʻziga xos undosh tovushlar bor; soʻz urgʻusi kuchli. Otlar 2 jins va 6 kelishik shakllari bilan oʻzgaradi. Lugʻat tarkibining taxminan 60%ini qad. hind tiliga mansub soʻzlar tashkil etadi. Unda arab, fors, turkiy va ingliz tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.

P.da yaratilgan dastlabki badiiy asarlar 12—13-asrlarga taalluqli boʻlsada, u asosan 16-asrdan rivojlangan. P. Hin-distonda hindiy tili, Pokistonda urdu tili taʼsirida rivojlanmoqda. P. Hin-distonda sikxlar tomonidan 16-asrda yaratilgan gurmukhi yozuvi hamda devanagaridan, Pokistonda arab alifbosi asosidagi urdu yozuvidan foydalanadi.[2]

Panjob soʻzi "Panj-āb" soʻzidan olingan. Fors tilida bu "Besh suv" degan maʼnoni anglatadi, Hind daryosining beshta asosiy sharqiy irmogʻiga ishora qiladi. Mintaqaning nomi Janubiy Osiyoning turk-fors bosqinchilari tomonidan yaratilgan va mintaqaning Sanskrit tilidagi Panchanada nomining tarjimasi boʻlib, bu "Besh daryo mamlakati" degan maʼnoni anglatadi.

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil