Papa John's International, Inc. (Papa Johns[4][5]) Amerikaning pitseriyalar tarmogʻi. Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi restoran tarmoqlari orasida pitsa yetkazib berish xizmati boʻyicha 4-oʻrinda turadi[6]. Tarmoq bosh ofisi Louisville (Kentukki) va Atlanta (Jeorjiya) shaharlarida joylashgan.

Papa John's International, Inc.
Turi Ochiq aksiyadorlik jamiyati
Tarmogʻi Restoran
Qachon asos solingan 2-oktyabr, 1984-yil (40 yil avval) (1984-10-02)
Joylashuvi Jeffersontown Kentukki, AQSh
Cumberland Jorjiya, AQSh
Asoschi(lari) John Schnatter
Rahbariyat Robert M. Lynch (President & CEO)
Max Wetzel[1] (CMO)
Jim Norberg[2] (COO)
Mahsulot(lar)i Pitsa, tovuq qanotchalari, desert
Aylanma daromadi 1.81 milliard AQSh dollari (FY 2020-yil 29-dekabr)[3]
Operatsion foydasi 90.253 million AQSh dollari (FY 29-dekabr, 2020)[3]
Boyligi 872.770 million AQSh dollari (FY 29-dekabr, 2020)[3]
Ishchilar soni ~16,700 (FY 29-dekabr, 2020)[3]
Vebsayti papajohns.com

Papa John's dunyo boʻylab 49ta davlatda 5,500dan ortiq filialga ega. Kompaniya pitseriya tarmoqlari orasida dunyodagi 3-eng yirik pitsa yetkazib beruvchi tarmoq[7].

Tarixi

tahrir

1984—2009-yillarda

tahrir
 
1994-yildan to 2018-yilgacha foydalanilgan logotip, Irlandiyada hali ham foydalaniladi
 
2019-yildan to 2021-yilgacha foydalanilgan logotip

Papa John's restorani 1984-yilda „Papa“ John Shnatter otasining Jeffersonvilledagi xonadoni orqasidagi tomorqasiga pech oʻrnatganida tashkil etilgan[8]. U oʻzining Chevrolet Camaro mashinasini 1,600 AQSh dollari turadigan pitsa uskunasini sotib olish maqsadida pullab, mijozlariga uyida pitsa sotishni boshlagan[9]. Uning pitsalari juda mashhur boʻlib, bir yildan soʻng u qoʻshni joyga koʻchib oʻtdi. Pitsa uchun maxsus sous oʻsha yili Papa John's Pizza tomonidan oʻylab topilgan va bu sous isteʼmolchilarning pitsaning chetini ham yeyishlariga sabab boʻlgani uchun tarmoqqa mashhurlik keltirdi[10]. Kompaniya 1993-yilda yangi filiallar ocha boshladi. Bir yildan soʻng u 500 ta filialga ega boʻlib, 1997-yilga kelib filiallar soni 1500taga yetdi[11]. 2009-yilda Schnatter mashina uchun 250 ming dollar mukofot taklif qilib, sotib yuborgan Camarosini qaytarib sotib oldi[12]

2010-yillar

tahrir

2018-yil 1-yanvarda kompaniya prezidenti Schnatterdan Steve Ritchiega oʻzgardi. Schnatter bosh direktori lavozimida ish boshladi[13]. 2018-yil fevral oyida Papa John's va NFL homiylik shartnomasini tugashiga Shnatterning NFLni tanqid qilgani haqidagi xabarlar keng tarqalgani sabab boʻldi[14].

2019-yil 4-fevralda, koʻplab muammolarga ega boʻlgan Olive Garden restoranlar tarmogʻini rivojlantirishda katta rol oʻynagan Starboard Value fondi Papa John's Pizzaga 200 million dollar sarmoya kiritishi va keyinchalik, 2019-yil 29-martgacha yana 50 million dollar qoʻshimcha sarmoya kiritishi mumkinligi e’lon qildi[15]. Bir vaqtning oʻzida Starboard Value bosh direktori Jeff Smith Papa John'sning yangi raisi boʻlishi va Pinnacle Entertainment o'yin kompaniyasining sobiq bosh direktori Entoni Sanfilippo kompaniya boshqaruv kengashi aʼzosiga aylanishi eʼlon qilindi[16]. Ushbu eʼlondan soʻng, Ritchie kelishuv Schnatter bilan davom etayotgan janjalga chek qoʻyishiga umid qilayotganini bildirib, CNBC muxbiri David Faberga: „Shubhasiz, biz kompaniya rivojiga hissa qoʻsha olamiz deb umid qilamiz“ deya intervyu berdi"[17]. Biroq, Schnatter Ritchie Papa John's uchun mos boshqaruvchi emasligidan xavotir bildirdi[18].

2019-yil 5-martda Papa John's Schnatter bilan kelishuvga erishganini eʼlon qildi, unga koʻra u kompaniyaning 30-apreldagi yillik yigʻilishida yoki uning oʻrniga oʻzaro maqbul mustaqil direktor tayinlanganda, qaysi biri birinchi sodir boʻlishidan qatʼiy nazar, kompaniya direktorlar kengashidan isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi[19].

2019-yil mart oyida NBAning mashhur basketbol oʻyinchisi, Shaquille O'Neal Papa John'sning direktorlar kengashiga qo‘shilishi va brend yuziga aylanishi shov-shuvlarga sabab boʻldi[20][21]. Keyingi yili Papa John's O'Nealga bagʻishlangan Shaq-a-Roni pitsasini taqdim etdi.

Ushbu oʻzgarishlar sababli 2019-yil may oyida Schnatter kompaniyadagi aksiyalarini 9,8 milliondan boshlab sota boshladi[22]. Keyingi yil davomida u oʻz aksiyalarini atigi 4 foizgacha qisqartirdi[23].

2019-yil 27-avgustda Papa Jon’s Arby’s prezidenti Robert Lynch 2018-yilda kompaniya asoschi Schnatter tomonidan ishga olingan Stiv Ritchining oʻrniga yangi bosh direktor boʻlishini e’lon qildi[24].

2020-yillar

tahrir
 
Papa John'sning Three Ballpark Centerdagi bosh korporativ binosi

2020-yil sentyabr oyida Papa John's Atlanta poytaxti hududida yangi shtab-kvartira olish rejasini ommaga ochiqladi. Noyabr oyida kompaniya The Battery Atlantadagi Three Ballpark Centerdan yangi global shtab-kvartira olganini eʼlon qildi[25][26]. Kentukki shtatining Jeffersontaun shahrida joylashgan sobiq shtab-kvartirada Luisvilning birlashgan hukumati tarkibidagi jamoa saqlanib qoldi va unda IT, taʼminot zanjiri va yuridik boʻlimlariga topshirildi[27][28][29][30][31].

2021 yil noyabr oyida Papa John's logotipi (apostrofni olib tashlash va dizaynni soddalashtirish orqali) va doʻkonlar manzilini oʻzgartirishni oʻz ichiga olgan rebrending qilish rejasi haqida xabar berdi[32].

2022-yil mart oyida Papa John's 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Rossiyadagi faoliyatini toʻxtatdi, biroq mustaqil biznes egalari egalik qiladigan filiallar ochiqligicha qoldi[33].

Faoliyati

tahrir
 
Papa John's restaranlari mavjud boʻlgan davlatlar roʻyxati (2022-yildagi maʼlumot)

Papa John's buyurtmalarining asosiy qismini, garchi koʻp restoranlarida oʻsha yerni oʻzida yeyish uchun sharoitlari boʻlsa-da, yetkazib berish va restoranlardan olib ketish tashkil qiladi.

 
Papa John'sning Ogayo shtati Springboro shahrida joylashgan, yetkazib berish uchun maxsus qurilgan filiali

Papa John's Oʻzbekistonda

tahrir

Hozirda Toshkent (Oʻzbekiston)ning bir nechta hududlarida Papa John's restoranlari ish boshlagan[34].

Manbalar

tahrir
  1. „Former Heinz executive joins Papa John's in management changes“. Food Business News (2019-yil noyabr). Qaraldi: 2019-yil 6-noyabr.
  2. „Papa John's Appoints Industry Veteran Jim Norberg as SVP and Chief of Restaurant Operations“. Business Wire (2019-yil 8-iyul). Qaraldi: 2019-yil 8-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Papa John's International, Inc. Form 10-K for 2019 (Report). https://www.sec.gov/Archives/edgar/data/901491/000155837020001393/pzza-20191229x10kcbc0c2.htm. Qaraldi: March 24, 2020. 
  4. „Papa John's is changing its name – sort of“ (2021-yil 17-noyabr). 2021-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  5. „Papa Johns Delivers New Brand Experience to Match its Premium Products (press release)“. Papa John's (2021-yil 16-noyabr).
  6. Hynum, Rick „The 2015 Pizza Power Report“. Pizza Magazine. PMQ (2014). Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
  7. „Pizza giant Papa John's set to expand across the UAE in ENOC deal“.
  8. Wolfson, Andrew. „The real Papa John: Pizza entrepreneur John Schnatter makes no apologies for wealth, success, Obamacare remarks | Math whiz mixed pizza passion, finance“. The Courier-Journal (2013-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 22-mart.
  9. „The Papa John's Story“. Papa John's (GB) Ltd. 2013-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-avgust.
  10. Shrikant, Adit „How Dipping Sauce for Pizza Became Oddly Necessary“. Eater. Vox Media (2017-yil 27-iyul). Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
  11. „This Marketing Insight Made Papa John's A Household Name“. Business Insider (2014-yil 21-may). Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
  12. Papa John's (2009-yil 25-avgust). „Found: Papa John's Long-Lost Camaro! Kentucky Man Receives $250,000 Finder's Fee“. Press-reliz.
  13. Meyer, Zlati. „Papa John's CEO, pizza titan John Schnatter, steps down“ (2017-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 21-dekabr.
  14. Boren, Cindy; Flaherty, Bryan. „Pizza Hut scores NFL pizza sponsorship deal after Papa John's bows out“ (en-US) (2018-yil 28-fevral). Qaraldi: 2018-yil 1-mart.
  15. Wiener-Bronner, Danielle „Papa John's gets a $200 million investment and new chairman“. CNN (2019-yil 4-fevral). Qaraldi: 2019-yil 6-fevral.
  16. Kirsch, Noah „After Failing To Secure Buyout, Papa John's Announces $200 Million Deal With Former Olive Garden Investor“ (en). Forbes. Qaraldi: 2019-yil 6-fevral.
  17. Lucas, Amelia „Papa John's CEO is 'hopeful' Schnatter will come along post-Starboard“. CNBC.com (2019-yil 5-fevral). Qaraldi: 2019-yil 6-fevral.
  18. „Papa John's founder says successor not right fit for CEO“. Reuters. Qaraldi: 2019-yil 16-aprel.
  19. „Papa John's, Schnatter reach settlement agreement“. CTV News (2019-yil 5-mart). Qaraldi: 2019-yil 6-mart.
  20. Meyersohn, Nathaniel „Shaq is joining Papa John's board of directors“. CNN (2019-yil 22-mart). Qaraldi: 2019-yil 22-mart.
  21. Cappetta, Michael „Shaq joins Papa John's board: "Everyone loves pizza, and pizza loves everyone."“. NBC News (2019-yil 22-mart).
  22. „John Schnatter has begun selling slices of his Papa John's pizza fortune“.
  23. „John Schnatter now owns just a slice of Papa John's after another big sale“.
  24. Lucas, Amelia „Papa John's names Arby's President Rob Lynch as CEO, shares jump 7%“ (en). CNBC (2019-yil 27-avgust).
  25. Fuhrmeister, Chris „Papa John's picks the Battery Atlanta for new HQ“ (en). The Business Journals (2020-yil 17-noyabr).
  26. Fantozzi, Joanna „Papa John's new headquarters will open in The Battery Atlanta in summer 2021“ (en). Nation's Restaurant News (2020-yil 17-noyabr).
  27. Otts, Chris. „Jeffersontown to dedicate new bike and walking path Saturday“ (2007-yil 7-noyabr), s. C7. 2014-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-dekabr. „Papa John's office is in Jeffersontown“.
  28. „Papa's Specialty Pizza Challenge“. Papa John's Pizza. — „Papa John's International Inc., 2002 Papa John's Blvd, Louisville, KY 40299“. 2010-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-dekabr.
  29. Skript xatosi: „Citation/CS1“ moduli yoʻq.
  30. Sandler, Rachel „Papa John's To Add Headquarters In Atlanta, Shift Some Operations From Louisville“ (en). forbes.com (2020-yil 17-sentyabr).
  31. Geske, Dawn „What Papa John's Atlanta Move Means For Former Louisville HQ“ (en). International Business Times (2020-yil 18-sentyabr).
  32. Wiener-Bronner, Danielle „Papa John's redesigns its logo and stores“. CNN Business (2021-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 3-yanvar.
  33. „Papa John's Suspends Operations in Russia“ (en). The Wall Street Journal (2022-yil 9-mart). Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
  34. „Papa John's pizza chain set to make debut in Uzbekistan“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.