Papalik

katolik cherkovi rahbariyati; Rim papasi tomonidan boshqariladigan diniy markaz

Papalikkatolik cherkovi rahbariyati; Rim papasi tomonidan boshqariladigan diniy markaz. Papalik Rim yepiskopligi asosida vujudga kelgan. V asrda Rim yepiskoplari oʻzlariga "papa" nomini qoʻyib olib, Rim imperatorlaridan boshqa yepiskoplarning oʻzlariga boʻysunishi toʻgʻrisida farmon olishga muvaffaq boʻldilar. VIII asrda Papa viloyatining tuzilishi papalar dunyoviy hokimiyatiga asos soldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin, ayniqsa, 60-yillardan boshlab papalik cherkovni aqidalar, marosimlar, tashkilotlar va siyosat sohasida hozirgi davrga moslashtirish yoʻliga oʻtdi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil