Qovun daraxti
(Papayyadan yoʻnaltirildi)
Qovun daraxti, papayya — papayyadoshlarga mansub doim yashil mevali daraxt. Afrika va Jan.-Sharqiy Osiyoda koʻp tarqalgan. Balandligi 4–7 m. Barglari yirik, panjasimon qirqilgan, 5—7 boʻlakli, uzun bandli. Shox-shabbasiz, tanasining uchida gʻuj-gʻuj oʻrnashgan barglari soyabonga oʻxshab osilib turadi. Gullari sargʻish-oq, ikki jinsli. Mevasi sariq tusda, ogʻirligi 3–6 kg, uz. 30 sm, qovunga oʻxshaydi (nomi shundan). Qovun daraxti tez oʻsadi, lekin uzoq yashamaydi, sovuqqa chidamsiz. Tropiklarda oʻstiriladi. Mevasi isteʼmol qilinadi. Undan papain fermenti olinadi. Urugʻidan koʻpaytiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |