Parafin bilan davolash, - parafindan davo maqsadida foydalanish; asosan, applikatsiya, bogʻlov, vanna yoki maska holida qoʻllanadi.

P.bilan d.ning eng koʻp tarqalgan usullari: qizdirilgan parafin kleyonka toʻshalgan kyuvetaga quyiladi, u 52—55° gacha sovigach, kyuvetadan olib, gavdaning ogʻriyotgan qismiga qoʻyiladi, kleyonka yopib, ustidan adyol yoki koʻrpa bilan oʻraladi; shu qolatda 20— 30 min. turadi; parafin olingach, bemor issiq adyolga oʻralib, 30—40 min. dam oladi. Davo kursi 10—25-marta, kunda yoki kunora qoʻyiladi. Parafin ogʻriq qoldirish va soʻmedicine

rib olish xossasiga ega, moddalar almashinuvi, qon aylanishi, toʻqimalar oziqlanishini kuchaytiradi, chandiqlanishga yoʻl qoʻymaydi. Boʻgʻimlar, pay qini, boylam va muskullarning oʻtkir va su-runkali kasalliklarida; shikastlarda, nerv sistemasining ogʻriq bilan kechadigan kasalliklari (radikulit, ishias, nevrit, nevralgiya)sl, trofik yara, ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari (yara kasalligi, kolit, ga-strit)da; erkak va ayollar jinsiy aʼzolari yalligʻlanganda; quloq, burun, tomoq kasalliklari; ayrim teri kasalliklari (quruq ekzema, qizil temiratki)da, shuningdek, kosmeti-kada turli nuqsonlarni (ajin, chandik va boshqalar) yoʻqotish uchun ishlatiladi. P. bilan d. faqat vrach tavsiya etgandagi-na qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil