Pareydoliya
Pareydoliya (yun. παρά, para — „yonida“, „oʻrniga“; εἴδωλον, eidolon — „shakl“, „surat“) psixologik fenomen boʻlib, noaniq shakl, tasvir yoki tovushlar orasida tanish belgilar uchratishda namoyon boʻladi. Pareydoliyaga bulutlarda turli hayvon yoki yuzlar koʻrish, gramplastinkalarni teskari oʻynaganda xuddi yashirin xabarlar va shivirlashlar eshitish misol boʻladi. Pareydoliya apofeniyaning bir turidir.
Misollar
tahrirDiniy
tahrirTabiiy jismlarda u yoki bu dinga goʻyoki aloqador tasvir va yozuvlarni tez-tez topib turishadi. Ularga asosan Iso,[1] Maryam suratlari,[2] Alloh soʻzi,[3] yoki boshqa diniy ramzlar kiradi: masalan, 2007-yil sentabrida Singapurda topilgan bir daraxtdagi kallus izlari maymunga oʻxshash ekanligini koʻrgan dindorlar buni „Maymun xudo“ (Sun Vukong yoki Hanuman) karomati, deb ovoza qilishdi.[4]
Diniy belgilar atrofidagi shov-shuvlar ularning bozorda pullanishiga olib keldi. Masalan, eBay internet-kimoshdisida goʻyoki Maryam yuzi namoyon boʻlgan sendvich $28 mingga sotildi.[5]
Qazilmalar
tahrir1970-yillar oxiridan 1980-yillar boshlarigacha yapon tadqiqotchisi Chonosuke Okamura „Okamura Qazilma Laboratoriyasi Bayonoti“ nomi ostida bayonotlar tizmasini oʻz hisobidan chop etib kelgan. Bu bayonotlarda u Silur davriga (425 mln yil avval) oid bir toshni oʻrgangani, unda mitti odam, it, ajdar va boshqa organizmlarni goʻyoki topganini yozgan (aslida bu izlar tosh yoriqlari va aralashmalari edi), „Silur davridan beri odam oʻzgarmagan… faqatgina 3,5 mm dan 1,7 metrgacha kattalashgan,“ degan xulosaga kelgan.[6][7] Okamura'ning bu tadqiqoti jiddiy olimlar tomonidan mazax qilinib, unga Ig Nobel mukofoti (Nobel mukofoti parodiyasi) keltirdi.[8]
Psixologik test
tahrirRorschach testi pareydoliya orqali shaxsning ruhiy holatini aniqlashga urinadi. Bu testlarda „yoʻnaltirilgan pareydoliya“ ishlatiladi, chunki test tasvirlari atayin hech nimaga oʻxshamaydigan qilib chizilgan.[1]
Elektron ovoz fenomeni
tahrirKonstantīns Raudive 1971-yili yozgan Breakthrough nomli ishida vafot etganlar ovozini magnitofon tasmasiga yozib olganini iddao etadi. Buni u elektron ovoz fenomeni (EOF) deb nomlaydi. EOF tovush pareydoliyasi, deb izohlangan.[1]
Izohlar
tahrirCarl Sagan gipotezasiga koʻra pareydoliya odam yuzini taniy bilish refleksiga bogʻliq. Evolutsiya natijasida odamlar biror aftni tanish uchun minimal qismlarga eʼtibor berishi instinkti rivojlangan, lekin buning boshqa samaralari aslida chehra boʻlmagan jismlarda ham yuz topishga olib keladi.[9] Yuzlarni ajrata bilish doʻst-dushmanni farqlash uchun kerak. Ushbu evolutsiyaviy bosim pareydoliyani ham keltirib chiqargan.[10]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Zusne, Leonard; Warren H. Jones. Anomalistic Psychology: A Study of Magical Thinking. Lawrence Erlbaum Associates, 1989 — 77–79-bet. ISBN 0-8058-0508-7. Qaraldi: 2007-yil 6-aprel.
- ↑ NY Times: "In New Jersey, a Knot in a Tree Trunk Draws the Faithful and the Skeptical" 23-iyul 2012-yil
- ↑ Ibrahim, Yahaya. „In Maiduguri, a tree with engraved name of God turns spot to a Mecca of sorts“. Sunday Trust. Media Trust Limited, Abuja (2011-yil 2-yanvar). 2012-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-mart.
- ↑ Ng Hui Hui.. „Monkey See, Monkey Do?“. The New Paper (13-sentabr 2007-yil), s. 12–13. 2009-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-avgust.
- ↑ „'Virgin Mary' toast fetches $28,000“. BBC News (23-noyabr 2004-yil). Qaraldi: 2006-yil 27-oktyabr.
- ↑ Spamer, E. „Chonosuke Okamura, Visionary“. Philadelphia: Academy of Natural Sciences. 2015-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-avgust. (Wayback Machine saytida 2015-11-18 sanasida arxivlangan) archived at Improbable Research
- ↑ Berenbaum, May. The earwig's tail: a modern bestiary of multi-legged legends. Harvard University Press, 2009 — 72–73-bet. ISBN 0-674-03540-2.
- ↑ Marc Abrahams.. „Tiny tall tales: Marc Abrahams uncovers the minute, but astonishing, evidence of our fossilised past“. London: The Guardian (2004-yil 16-mart).
- ↑ Sagan, Carl. The Demon-Haunted World - Science as a Candle in the Dark. New York: Random House, 1995. ISBN 0-394-53512-X.
- ↑ Svoboda, Elizabeth. „Facial Recognition - Brain - Faces, Faces Everywhere“. The New York Times. New York Times (2007-yil 13-fevral). Qaraldi: 3-iyul 2010-yil.
Havolalar
tahrir- Bulut pareydoliyasi (Wayback Machine saytida 2009-10-13 sanasida arxivlangan)
- Diniy pareydoliya (Wayback Machine saytida 2020-11-09 sanasida arxivlangan)
Vikiomborda Pareydoliya haqida turkum mavjud |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |