Parfyanlar
Parfyanlar, parfiyaliklar — elat, miloddan avvalgi 1-ming yillik va milodning boshlarida Kaspiy dengizining janubi-sharqida, hozirgi Janubiy Turkmaniston va Xurosonda yashaganlar (qad. Partava — Parfiya viloyati). P. eroniy tillardan birida soʻzlashgan, asosan, dehqonchilik bilan shugʻullangan. Parfiyadagi irrigatsiya inshootlari miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlaridayoq maʼlum boʻlgan. P. [[Midiya podsholigi tarkibiga kirgan (qarang [[Midiya), soʻngra esa (Kir II davrida) — Axomaniylar davlati qoʻl ostida boʻlgan, ularga soliqlar toʻlab, jangchilar (otliq kamonchilar) yetka-zib berishgan. Doro I davrida Parfiya va qoʻshni Girkaniyada qoʻzgʻolon koʻtarilib, u axomaniylar qoʻshini tomo-nidan qiyinchilik bilan bostirilgan (521 yil 8-mart va 12-iyuldagi janglar). Miloddan avvalgi 4-asrning 20-yillarida P. Aleksandr tomonidan tobe etilgan, soʻngra (miloddan avvalgi 281 yildan) Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan. Miloddan avvalgi taxminan 250 yilda mustaqil Parfiya podsholigi bar-po etilgan, uning asosiy oʻzagini P. yashagan hudud tashkil qilgan. P.ning asosiy dini — zardushtiylik; Mitra va Nanayya (Anaxita) kultlari ham keng tarqalgan. P. yozuvi oromiy alif-bosi asosida vujudga kelgan. P. dunyo-viy adabiyet obidalaridan ozginasigi -na forscha qayta ishlangan shakdda saqlanib qolgan. Parfiya tili milodiy 3—4-asrlarda sosoniylar davrida ham muomalada boʻlgan; taxminan 6-asrda u fors tili tomonidan siqib chiqarilgan. Qad. P.ning avlodlari turkman xalqi va Sharqiy Eron (Xuroson)dagi fors xa-lqi etnogenezida qatnashganlar.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |