Parij kommunasi
Parij kommunasi (1871 y 18-mart — 28-may) — Fransiya-Prussiya urushi (1870—71)da bonapartchilar rejimining magʻlubiyatga uchrashi, 3-respublika hukumatining siyosati Parij xalqining qoʻzgʻolon koʻtarishiga va A. Tyer rahbarligidagi Versalga qochib ketgan hukumatni agʻdarib tashlanishiga olib kelgan (18-mart). 18—28-martda Milliy gvardiya Markaziy qoʻmitasi inqilobiy muvaqqat hukumat vazifa-sini bajargan. 28-martda P.K. eʼlon qilingan. Hukumat 2 fraksiyadan: "koʻpchilik" (asosan, blankistlar) va "ozchilik" (asosan, prudonistlar)dan iborat edi. P.K. ham qonun chiqaruvchi, ham ijroiya organi boʻlgan. 21-mayda versalchilar Parijga kirganlar; 28-maygacha kommunarlar barrikadalarda jang qilishgan.. Kommuna versalchilar tomonidan bostirilgan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |