Parij operasi
Parij operasi (fransuzcha: Opéra de Paris) – Musiqa va raqs milliy akademiyasi — Parijdagi davlat opera va balet teatri. Yevropa musiqali teatr madaniyatining yirik markazlaridan. 1669-yilda "Qirol musiqa akademiyasi" nomida tashkil topgan. 1875-yildan hozirgi nomda. Teatrning tarixi fransuz opera va balet sanʼatining yuzaga kelishi hamda rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq. 1989 yilda Bastiliya operasi ochilganidan beri, Garnier saroyi asosan raqs tomoshalari uchun ajratilgan.