„Parining sovgʻasi“ (ruscha: «Подарок феи») — rus-oʻzbek rejissyori va aktyori Farhod Mahmudovning ertak filmi. Film „Vega“ kinokompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasi va Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi ishtirokida 2022-yilda suratga olingan[1].

Parining sovgʻasi
Janri sarguzasht va fentezi
Rejissyor(lar) Farhod Mahmudov
Prodyuser(lar)

Firdavs Abduxoliqov

Yelena Borisova
Ssenariynavis(lar)

Farhod Mahmudov

Vladimir Fatyanov
Rollarda

Farhod Mahmudov

Nikolay Dobrinin
Operator(lar) Konstantin Postnikov
Studiya(lar) „Vega“
Chiqarilgan sanasi 2022-yil
Davomiyligi 94 minut
Mamlakat OʻzbekistonRossiya
Til oʻzbek tili va rus tili

Suratga olish jarayoni

tahrir

Bu film Farhod Mahmudovning ilk rejissyorlik ishi boʻlib, „Parining sovgʻasi“ rossiyalik va oʻzbek kinoijodkorlari tomonidan birgalikda suratga olingan ikkinchi qoʻshma filmdir. Film 6 yoshdan katta boʻlgan bolallar auditoryiyasiga moʻljallangan[2]. Farhod Mahmudovning soʻzlariga koʻra, dastlab filmni Tunisda suratga olish rejalashtirilgan, lekin yakunda filmni Xivada, jumladan, Ichan qal’a meʼmoriy yodgorligi hududida suratga olish qarori qabul qilingan, aktyorlarning 90 foizi oʻzbeklar[3]. Filmini suratga olish jarayonlari Buxoro va Samarqandda ham boʻlib oʻtgan[2]. Aktyorlarning aksariyati oʻzbek kinosi vakillari[4]. Shuningdek, filmni suratga olishda bosh qahramonning otasi rolini Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist Nikolay Dobrinin oʻynagan[5]. Filmning dublyaji Mosfilm kinokonserni qoshidagi studiyada boʻlib oʻtgan[6].

Syujeti

tahrir

„Parining sovgʻasi“ ertak filmida ogʻir xastalikka chalingan otasini qutqarish uchun davo izlayotgan yosh va kelishgan shahzoda haqida hikoya qilingan. Safari chogʻida shahzoda juda koʻp turli sinov va sarguzashtlarga duch keladi, lekin shahzoda barchasini muvaffaqiyatli yengib oʻtib, oxirida nafaqat otasi va saltanatini qutqaradi, balki haqiqiy sevgisini ham topadi.

Film premyerasi

tahrir

Filmning Oʻzbekistondagi premyerasi 2022-yil 30-iyun kuni Yoshlar kunlari doirasida VGIK Toshkent filialining yozgi kinoteatrida boʻlib oʻtdi[7]. Film 2022-yil kuzida „Ipak yoʻli durdonasi“ XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ham namoyish etilgan[8]. Jahon premyerasi 2023-yilga rejalashtirilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Елена Арнольдова. „В Узбекистане завершены съемки фильма-сказки «Подарок Пери»“ (ru). Газета.ру (2022-yil 5-aprel). 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  2. 2,0 2,1 „"Парининг совғаси” фильмининг тасвирга олиш ишлари якунланди“ (2021-yil 8-iyun).
  3. „Ўзбекистон ва Россия ҳамкорлигида фильм суратга олинди“ (2022-yil 5-aprel).
  4. uza.uz. „Фильм-сказка от узбекистанских и российских кинематографистов“ (uz). Uza.uz (2022-yil 2-iyul). 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  5. „Николай Добрынин“. Telegram. 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  6. Ирина Виленкина. „Кино для детей можно делать только с хорошим настроением и в хорошей профессиональной компании!“ (ru). Instagram (2022-yil 19-yanvar).
  7. Sputnik Узбекистан. „В Ташкенте прошла премьера узбекско-российской сказки "Подарок Пери" — видео“ (ru). Sputnik Узбекистан (1-iyul). 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  8. Angelika Timonina. „Ко Дню молодежи кинематографисты подарили детям фильм-сказку "Подарок Пери"“ (ru-RU). Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz (2022-yil 2-iyul). 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.