Parodiya
Parodiya (yun. parodia — zid qoʻshiq) — adabiyot, teatr, musiqa va estrada janri, kulgi sanʼati, hajv va hazil turlaridan biri. Oʻziga xos harakat tar-zi, shuningdek, biror uslub, yoʻnalish, janr yoki muayyan qolipdagi nutq va boshqalarga hajviy, kinoyaviy va yumor bilan yondashish maqsadini koʻzlab qilingan ongli takdid. Biror sanʼatkor ijodi yoki ayrim asarning uslubiga taklid qilish yoʻli bilan yaratilgan kulgili asar. Ijtimoiy-siyosiy, maishiy hayotdagi ayrim voqealar ham P.ga mavzu boʻlishi mumkin. P. komediya sanʼatining, satiraning oʻziga xos yoʻnalishi hamdir. P. koʻpincha boʻrttirilgan boʻla-di, unda aks ettirilayotgan voqeaning shakli bilan mazmuni bir-biriga zid qilib koʻrsatiladi. P. Yunoniston dramaturgiyasi va teatrida paydo boʻlgan. Aristofan "Bulutlar" komediyasida Sokrat ustidan kulgan boʻlsa, "Qurbaqalar"da Yevripid tragediyalarini P. qilgan. Angliyada 17—18-asrlarda P. shaklidagi bir qator sahna asarlari yaratilgan. Fransiyada "Komedi Italyenn" va yarmarka teatrlarida koʻplab P. tomoshalari yuzagakelgan. 19-asrningoʻrtalarida F. Erve bilan J. Offenbaxning P.li operettalari shuxrat qozongan. 20-asrda P. janri "qiyshiq oyna", "koʻrsha-palak" nomli maxsus teatrlar tomo-nidan rivojlantirilgan. P. sirkda, qoʻgʻirchoq teatrida va estradada keng oʻrin egallab keladi.
Oʻzbek anʼanaviy teatrining repertuarida muqallid deb ataluvchi P.lar katta oʻrin egallab kelgan. Bunda masharaboz va qiziqchilarning aksariyati mahorat koʻrsatgan. 20-asrning birinchi yarmida Yusufjon qiziq, Oxunjon qiziq, Aka Buxor, Berdiyor mashara, Safar mashara va boshqalarning P.lari mashhur boʻlgan. Hoji tam-tam (Hojiqur-bon Hamidov) sozanda va xonandalarni P. qilishda mahorat koʻrsatgan. Ke-yingi yillar A. Bakirov, N. Rahimov, H. Umarov, T. Azizov va boshqalarni P. qilish kuchaydi. Baʼzan spektakl va kino-filmdan butun-butun sahnalar P. qilinadi. P. "Tabassum" radiojurnalida, televideniyening kulgi dasturlari, jumladan, televizion miniatyu-ralar teatrida keng qoʻllanib keladi. Oʻzbek sirki va dorbozlik sanʼatida Karim Zarifov, Niyoz Nurmatov, Akrom Yusupov, Muhammad chaqqon kabi oʻnlab qiziqchi va masharabozlar oʻz tomoshalarida P.ga katta oʻrin ajratib kelishgan.
Adabiyot
tahrir- Qodirov M., Masharoboz va qiziqchilar sanʼati, T., 1971; Uzbek teatri anʼa-nalari, T., 1976.
Muhsin Qodirov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |