Parom — transport vositalari (avtomobillar, temir yoʻl vagonlari va boshqalar), kjlar va yoʻlovchilarni dengiz yoki daryoning bir qirgʻogʻidagi punktdan ikkinchi qirgʻogʻidagi punktga oʻtkazib qoʻyish uchun moʻljallangan suzuvchi inshoot (kema, sol va boshqalar). Qirgʻoqlardagi punktlarning mavqeiga, oʻtkaziladigan yukning turi va miqdoriga, dare va dengizning kengligiga qarab. P. har xil kattakichiklikda boʻladi. Qayerda qoʻllanishiga koʻra, dare, dengiz va koʻl P.lariga, harakatlanish usuliga koʻra, oʻziyurar va oʻziyurmas P.larga boʻlinadi. Oʻziyurar P. bir yoki bir nechta vagon va avtomobil palubalari bilan jihozlanadi. Oʻziyurmas P. (sol, qayiq, barja, plashkodt va boshqalar) uchun, odatda, bir qir-gʻoqdan ikkinchi qirgʻoqqa sim arqon tortib qoʻyiladi. Harbiy maqsadlarda (qoʻshin va qurolyarogʻlarni suvdan kechib oʻtkazish uchun) tayyor ponton va mahalliy suzish vositalari (kema, qayiq, sol)dan foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil