Parvardashirinlik turi. Tayyorlash usuli: shakar, oliy nav bugʻdoy uni, oʻsimlik yogʻi, limon kislotasi olinadi. Qozonga shakar va suv solib (shakar miqdoriga nisbatan suv 30—40%) qaynatiladi, qaynash 8—10 minut davom etgach, limon kislotasi qoʻshiladi, qaynash qozondagi massa namligi 3—3,5% qolguncha davom ettiriladi. Pishirish oxirida qozondagi qandolatga choʻzish stanoklarida ishlov beriladi, yaʼni yostiqcha shaklida kesiladi va 20—25° haroratda unga boʻlanib, 18—24 soatga sovitiladi. Soʻngra maxsus qutichalarga solinadi.[1]

Parvarda
Milliy oshxona Oʻzbek oshxonasi
Tojik oshxonasi
Retsepti shakar
oliy nav bugʻdoy uni
oʻsimlik yogʻi
limon kislotasi
Buxoroning rangli parvardasi

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil