Pastdargʻom jamoat salomatligi texnikumi

Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 2005 yil tashkil etilgan Pastdargʻom tibbiyot kolleji asosida tashkil qilingan. 2019 yil 6-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812-sonli farmoni bilan professional taʼlim tizimiga oʻtish orqali qayta Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi maqomi bilan qayta tashkil qilindi. Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi manzili Pastdargʻom tumani Olmazor MFY. Egalik huquqini beradigan kadastr xujjatlari mavjud. Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 1 ta bino 3 qavatdan iborat, taʼlim muassasasi 720 loyiha quvvatiga ega, hozirda foydalanish holati yaxshi, nazariy va amaliy oʻquv xonalari soni 66 tani tashkil etadi.

Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

File:Pastdargom jamoat salomatligi texnikumi.jpg
Xalqaro nomi
Pastdargom public health technicum named after Abu Ali Ibn Sina
Asos solingan sanasi 2005 yil
Talabalari 1375 nafar
Oʻqituvchilari 105
Manzili
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani olmazor mahallasi
Veb-sayti pastdargom-jst.uz

MAʼNAVIY-MAʼRIFIY ISHLARI

tahrir

  Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi asosiy faoliyatlardan biri talabalarda axloqiy qadriyatlarni, kasbiy faoliyatiga manfaatli (qiziquvchi) boʻlishni, sogʻlom turmush tarzi zaruriy ehtiyojligini shakillantirish, ularni texnikumning ommaviy – madaniy tadbirlarga jalb etishdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun texnikumda murabbiylar kengashi ish yuritmoqda, ular oʻz faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradilar. Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, turli xil fan toʻgaraklari, maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport toʻgaraklari tashkil etilgan.

OʻQUV VA OʻQUV-METODIK ISHLARI

tahrir

  Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi oʻqitishda har bir kurs va yoʻnalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar boʻyicha jarayonlar olib boriladi: Davlat taʼlim standarti; Namunaviy oʻquv dasturi; Ishchi oʻquv dasturi; Taʼlim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan: zamonaviy taʼlim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli). Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 4 ta „Mutaxassislik fanlar“ kafedra mudirlari katta oʻqituvchi toifasiga ega, oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Oʻqituvchilarning Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtiroki taminlangan va ularda yaxshi natijalarga erishilgan. Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi AKTni qoʻllagan holda zamonaviy oʻqitish usullaridan foydlanishda 30 ta xonaga interaktiv panel, 12 ta oʻquv xonalarida kompyuterlar mavjud boʻlib, 2 ta kompyuter sinf xonasi ham alohida tashkil qilingan, 15 tadan kompyuterlar bilan jixozlangan ularning barchasi shisha tolali internet tarmogʻiga ulangan. Bu AKT jixozlaridan dars jarayonlarida va oʻquvchilar darsdan boʻsh vaqtlarida muntazam foydalanadilar.

Oʻqitish jarayonida quyidagi texnik taʼminotlar mavjud:

tahrir

Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida telekommunikatsion tizim tashkil qilingan boʻlib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, 3D formatdagi keng qamrovli dasturlar, maʼruza va amaliy mashgʻulotlar markaziy kompyuterga ulangan interaktiv panellar yordamida namoyish etiladi. Oʻquv dasturiga asosan tuzilgan oʻqitish materiallar toʻplamlaridagi vizual didaktik materiallar uchun moʻljallangan va oʻquv dasturining barcha boʻlimlariga toʻgʻri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud. Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi ARM kutubxonasi ham 16 ta kompyuterlar bilan jixozlangan, internet tarmogʻiga ulangan. Bu kompyuterlar Samarqand Davlat tibbiyot Universitetining virtual kutubxonasiga ulangan. Bulardan oʻqituvchi va oʻquvchilarimiz doimiy ravshda foydalanadilar.

TALABALAR ILMIY JAMIYATI

tahrir

Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi ilmiy saloxiyatini yaxshilash maqsadida ilmiy kengash tashkil qilingan. Bu kengashda turli xil tadbirlar tashkil qilingan. Xozirgi kunda texnikumning oʻquvchilari tuman, viloyatdagi turli musobaqalarda faol ishtirok etib faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqdalar. Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Samarqand tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda ilmiy –amaliy ishlarni yaxshi yoʻlga qoʻyishi samarali natijalar bermoqda, jumladan Samarqand tibbiyot ilmiy –amaliy konferensiyada faol qatnashib yaxshi natijalarga erishdilar.